“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazilmoqda

“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazilmoqda

  • 27.03.2026
  • 185
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Musobaqa 4 ta shart bo‘yicha jamoaviy tarzda tashkil etilib, har bir jamoa a’zolari belgilangan sinovlarda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rmoqda. Bellashuv jarayonlari hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholanib, har bir shart bo‘yicha ishtirokchilarning natijalari alohida qayd etilmoqda.

 

Musobaqa quyidagi 4 ta shart asosida o‘tkazilmoqda:

1-shart: joyidan turib uzunlikka sakrash;
2-shart: 100 metr masofaga yugurish;
3-shart: turnikda tortilish;
4-shart: granata uloqtirish.

 

Ushbu shartlar orqali ishtirokchilarning tezkorligi, kuchi, chidamliligi hamda jismoniy tayyorgarligi har tomonlama sinovdan o‘tkazilmoqda.

 

Musobaqaning universitet bosqichi yakunlariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 7 nafar ishtirokchi saralab olinib, ular musobaqaning keyingi hududiy bosqichida universitet sharafini himoya qiladi.