“Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi”
“Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining respublika bosqichiga start berildi
Yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda ta’lim tizimida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamkorligida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” sport musobaqalari boshlandi.
Mazkur musobaqada respublikaning turli hududlaridan kelgan umumta’lim maktablarining 7–11-sinf qizlari o‘zaro kuch sinashadi.
Musobaqa g‘oliblari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-o‘rin — 1 ta Damas avtomobili va 250 million so‘m pul mukofoti;
2-o‘rin — 1 ta Damas avtomobili va 200 million so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin — 1 ta Damas avtomobili va 150 million so‘m pul mukofoti.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!