“Kitobxon ustoz–shogird”
Universitetda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, talaba-yoshlarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ustoz va shogirdlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash maqsadida “Kitobxon ustoz–shogird” tanlovining navbatdagi bosqichi tashkil etildi.
Mazkur tanlovda universitetning turli kafedralaridan bo‘lgan professor-o‘qituvchilar o‘z shogirdlari bilan birgalikda faol ishtirok etdi. Har bir jamoa 1 nafar ustoz va 5 nafar shogirddan iborat bo‘lib, ishtirokchilar belgilangan adabiyotlar — Lev Tolstoyning “Anna Karenina” hamda Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” asarlari asosida o‘z bilimlarini namoyon etdi.
Ishtirokchilar asarlarning mazmun-mohiyati, qahramonlar xarakteri, muallifning badiiy mahorati hamda asarlarda ilgari surilgan g‘oya va fikrlar yuzasidan savollarga javob berib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tanlov yakunida faol va bilimli jamoalar g‘olib deb topilib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



