Nufuzli olim Y.Babayev Tibbiyot fakultetida
M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Organik kimyo kafedrasining yetakchi ilmiy tadqiqotchisi, kimyo fanlari doktori (D.Sc.), professor Yevgeniy Babayev universitetning Tibbiyot fakultetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida nufuzli olim fakultetning o‘quv va ilmiy faoliyati, laboratoriya bazasi, zamonaviy jihozlar hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Professor Babayev ta’lim jarayonining tashkil etilishi, ayniqsa, nazariya va amaliyot uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilganini yuqori baholadi.
Shuningdek, tashrif doirasida fakultet professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda zamonaviy organik kimyo, tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


