“Onajonim she’riyat” – adabiy-badiiy kecha
Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab “Onajonim she’riyat” nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Kechada universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda "Adabiyot ixlosmandlari" talabalar jamoasi ishtirok etdi.
Tadbir davomida Abdulla Oripov siymosi, uning o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni va uning ijodida Vatan madhining alohida o‘rin tutishi haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Shoirning xalqchil, samimiy va chuqur ma’noga ega she’rlari talaba-yoshlar tomonidan ifodali tarzda o‘qildi. Shuningdek, kecha davomida talabalarning badiiy chiqishlari, sahna ko‘rinishlari va musiqiy ijrolari namoyish etilib, ular orqali shoir ijodining turli qirralari ochib berildi.



