"Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

"Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

  • 17.03.2026
  • 261
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va tafakkurlarini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

 

Mazkur bellashuvda universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli va bilimga chanqoq talabalar jamoalari ishtirok etishdi. O‘yin davomida ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, tezkor javob berish va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etishdi. Savollar turli sohalarni — tarix, adabiyot, texnologiya, madaniyat va hozirgi kun yangiliklarini qamrab oldi.

 

O'yin yakuniga ko'ra:

1-o'rin: No comment jamoasi(Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti);

2-o'rin: Diplomacy jamoasi (Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti);

3-o'rin: Legion jamoasi (Pedagogika
va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti)qo'lga kiritdi.