Innovatsion dasturlar bo‘yicha seminar
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilarning ilmiy va innovatsion faoliyatga qiziqishini oshirish, ularni respublika va xalqaro miqyosdagi grantlar hamda ilmiy dasturlar haqida xabardor qilish maqsadida seminar tashkil etildi.
Seminarda Innovatsion rivojlanish agentligining Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi xodimi Bekmurod Raxmanov ishtirok etib, “Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilinadigan tanlovlar hamda xorijiy stajirovkalarda ishtirok etish tartibi” mavzusida ma’ruza qildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga agentlik tomonidan muntazam ravishda e’lon qilinadigan grant tanlovlari, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari hamda yosh tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Bo‘lajak olim” tanlovining maqsadi, unda ishtirok etish shartlari, loyiha tayyorlash bosqichlari hamda tanlov jarayonlariga to‘xtalib o‘tildi.
Seminar jarayonida, “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida talaba va yosh olimlarning xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarda qisqa muddatli stajirovkalar o‘tash imkoniyatlari, hujjat topshirish tartibi va tanlov mezonlari haqida ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

.jpg)
.jpg)