“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida TISU g‘olib bo‘ldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan 6 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari ishtirok etdi.
Tanlov uchta shart — “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” hamda “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” yo‘nalishlari asosida tashkil etildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Termiz iqtisodiyot va servis universiteti,
2-o‘rin — Termiz davlat pedagogika instituti,
3-o‘rin — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoalari egalladi.
Termiz iqtisodiyot va servis universitetining "Surxon sadolari" jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining yarim final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Eslatib o‘tamiz, “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovida ham Termiz iqtisodiyot va servis universitetining “Matonat” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.




