TISUda jadidlar haqida insholar tanlovi o‘tkazildi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlar, tarixiy meros va jadidchilik harakati g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov talabalarda tarixiy xotirani mustahkamlash, jadid bobolarimizning ma’rifatparvarlik faoliyatini chuqur o‘rganish hamda ularning g‘oya va qarashlarini yoshlar ongiga singdirish maqsadida o‘tkazildi. Tadbirda universitetning turli fakultetlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar faol ishtirok etdi.
Tanlov ishtirokchilari o‘z insholarida jadidlarning xalqni ma’rifatli qilish yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlari, milliy uyg‘onish g‘oyalari, mustaqil davlat barpo etish yo‘lidagi jasorati hamda ularning bugungi kun uchun ham dolzarb bo‘lgan qarashlarini keng yoritishga harakat qildilar. Ayniqsa, jadidlarning ta’lim, madaniyat va milliy o‘zlikni anglash borasidagi xizmatlari talabalarning ijodiy ishlarida chuqur tahlil qilindi.
Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan eng mazmunli va badiiy jihatdan puxta yozilgan insholar saralab olinadi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.


.jpg)
.jpg)