TISUda “Sumalak sayli”
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti tashabbusi bilan universitet hududida “Sumalak sayli” tashkil etildi. Tadbir milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va talaba-yoshlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar birgalikda sumalak tayyorlash ishlariga kirishdi. Bir tomonda sumalak pishirilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomonda osh damlanmoqda. Talaba-yoshlar sumalak pishirish jarayoniga ko'maklashmoqda. Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar yangrab, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o‘tkazilayotgan sumalak sayli doirasida talabalar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalar futbol, volleybol, arqon tortish hamda armrestling yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilib, unda turli fakultet talabalari faol ishtirok etmoqda. Sport maydonlarida qizg‘in va murosasiz bahslar davom etmoqda. Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.






