Milliy reyting va akkreditatsiya jarayonlari: TISUda amaliy seminar tashkil etildi

Milliy reyting va akkreditatsiya jarayonlari: TISUda amaliy seminar tashkil etildi

  • 16.02.2026
  • 1169
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga oliy taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda taʼlim tashkilotlarining reytingini yuritish bo’yicha amaliy seminar bo’lib o’tdi.

 

Seminarda o’quv ishlari bo’yicha prorektor A. Esanov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor S.Eshkarayev hamda O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i Z.Turayevlar univeritetning milliy va xalqaro reytinglarda munosib o’rinni egallash uchun "Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingini yuritish tartibi to‘g‘risida" Nizomga muvofiq maʼlumotlarni shakllantish bo’yicha ma’ruza qilishdi.

 

Jumladan, Milliy reyting tizimida o’quv va ilmiy faoliyat bo’yicha indikatorlar tahlili, milliy reyting tizimida universitetimizning munosib o’rin egallashi bo’yicha professor-o’qituvchilar e’tibor qaratishi lozim bo’lgan ko’rsatkichlar belgilab olindi hamda oliy ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan o’tkazish bo’yicha joriy qilinayotgan o’zgarishlar muhokama qilindi.