“Oliy ta’lim – ota-ona – mahalla” hamkorligi masalalari muhokama qilindi

“Oliy ta’lim – ota-ona – mahalla” hamkorligi masalalari muhokama qilindi

  • 13.02.2026
  • 392
Blog Image

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas'ul xodimi Xurshid Eshov boshchiligidagi ishchi guruh Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Oliy ta’lim – ota-ona – mahalla” hamkorligini yanada mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Yig‘ilish davomida universitet miqyosida amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar, yoshlar orasida huquqiy madaniyatni oshirish, ular bilan individual ishlash mexanizmlari hamda nazorat tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, sport, madaniy-ma’rifiy hamda innovatsion loyihalarga keng jalb etish orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Tadbirda ota-onalar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, ularni farzandlarining o‘qish jarayoni va tarbiyasiga faol jalb qilish, mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ilgari surildi.