Bobur – dilbar shaxs
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Bobur – dilbar shaxs” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. So‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar Boburning serqirra hayoti, boy adabiy merosi, “Boburnoma” asarining tarixiy va ilmiy ahamiyati, shuningdek, uning davlat boshqaruvidagi donishmandligi haqida fikr bildirdi.
Talabalar tomonidan Bobur hayotidan lavhalar aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Milliy raqslar ijro qilinib, shoirning g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi.