Ilmli ayol – kelajak bunyodkori

Ilmli ayol – kelajak bunyodkori

  • 11.02.2026
  • 1116
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida  Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti tashabbusi bilan “Ilmli ayol — jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

 

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Dastlab so‘zga chiqqanlar tomonidan ayollarning ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi, ularning ilmiy izlanishlari va yutuqlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ta’kidlanganidek, ilmli va ziyoli ayol jamiyatning ma’naviy qiyofasini belgilaydi, kelajak avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

 

Tadbir doirasida universitetda faoliyat yuritayotgan olima ayollar bilan ochiq suhbat tashkil etildi. Uchrashuv davomida ular o‘z ilmiy faoliyati, erishilgan natijalar, ilm yo‘lida uchragan sinovlar va kelgusidagi rejalari haqida so‘zlab berdilar. Iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

Tadbir yakunida ilm sohasida samarali faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilar va faol talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.