“Tasviriy va amaliy san’at” to‘garagi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Tasviriy va amaliy san’at” to‘garagining 2-mavsum bitiruvchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
To‘garak mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar rangtasvir, somon san’ati, resin art (smola bilan ishlash), shuningdek dekorativ va amaliy san’at yo‘nalishlarida — diadema, taqinchoqlar va boshqa bezak buyumlarini yaratish sirlarini o‘rgandilar. Har bir mashg‘ulot nazariy bilim bilan birga amaliy tajriba asosida tashkil etilib, talabalarning individual ijodiy yondashuvini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Universitet qoshida faoliyat yuritayotgan “Tasviriy va amaliy san’at” to‘garagi bundan buyon ham san’atga qiziqadigan, o‘z ijodiy salohiyatini namoyon etishni istagan barcha talabalarni o‘z safiga chorlaydi.