Termizda Britaniya ta’lim standarti joriy etilmoqda
Globallashuv sharoitida oliy ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu yo‘nalishda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti (TISU) Buyuk Britaniyaning nufuzli Cambridge universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Ayni kunlarda Cambridge universitetining ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha ekspertlari Ryan Karen va Benjamin Philip TISUda bo‘lib, ta’lim jarayonlari, zamonaviy o‘qitish metodikalari hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini o‘rganmoqda. Shuningdek, talabalarning til ko‘nikmalari kompleks tahlil qilinmoqda.
Hamkorlik doirasida universitetda ingliz tilini o‘qitish jarayoni Cambridge metodologiyasi asosida bosqichma-bosqich takomillashtiriladi. Shu bilan birga, TISU Cambridge International School maktabini tashkil etish rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbus hududda xalqaro standartlarga mos, sifatli ta’lim muhitini shakllantirishga, yoshlarning global akademik makonga integratsiyalashuviga xizmat qiladi.
.jpg)

