Navoiyga ehtirom – millatga ehtirom

Navoiyga ehtirom – millatga ehtirom

  • 09.02.2026
  • 1148
Blog Image

So‘z mulkining sultoni, o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Alisher Navoiy — millat g‘ururi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

 

Tadbir davomida universitet talabalari tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu badiiy chiqishlarda mutafakkirning hayot yo‘li, ilm-fan va adabiyotdagi beqiyos o‘rni, shuningdek, uning asarlarida ilgari surilgan yuksak insoniy fazilatlar ta’sirchan obrazlar orqali ifodalandi.

 

Shuningdek, tadbir jarayonida Navoiy asarlaridan g‘azal va ruboiylar ifodali o‘qilib, mumtoz va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar jo‘rligida musiqiy chiqishlar ijro etildi.  Tadbir davomida Navoiyning asarlari nafaqat adabiy durdona, balki yosh avlodni ma’naviy barkamollikka yetaklovchi bebaho manba ekani alohida ta’kidlandi.