Talabalarning 2025-yilgi an’anaviy uchinchi ilmiy-amaliy konferensiyasi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi talabalarning 2025-yilgi an’anaviy uchinchi ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiya o‘tkazishdan maqsad, universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni birlashtirish, ularning ilmiy tadqiqot ishlarini amaliyot bilan uzviy bog‘liq holda olib borishlarini rag‘batlantirishdir.
Ushbu konferensiya 16 ta sho‘ba asosida tashkillashtirilib, unda 600 nafardan oshiq iqtidorli talabalar ishtirok etmoqda.