Uilyam Shekspir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi

Uilyam Shekspir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi

  • 23.04.2025
  • 147
Blog Image

Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi tomonidan buyuk ingliz dramaturgi va shoiri Uilyam Shekspir hayoti hamda boy ijodiy merosiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi. Tadbir talaba-yoshlarning Shekspir asarlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, adabiyotga bo‘lgan mehrini kuchaytirish hamda ingliz tilidagi klassik asarlarni chuqurroq o‘rganish maqsadida o‘tkazildi.

Adabiy kechada Shekspirning mashhur asarlari — “Hamlet”, “Otello”, “Romeo va Julyetta”, “Makbet” kabi tragediyalaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Talabalar tomonidan ingliz va o‘zbek tillarida Shekspir she’rlari o‘qildi, asarlar mazmun-mohiyatiga oid qisqacha ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida Shekspirning hayoti, ijod yo‘li, uning jahon adabiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida ma’ruzalar tinglandi. Kafedra o‘qituvchilari ham o‘z chiqishlarida Shekspir asarlarining hozirgi zamon adabiy jarayonidagi o‘rni, ularning inson psixologiyasini chuqur aks ettiruvchi jihatlari haqida fikr bildirishdi.

Talabalarning sahna ko‘rinishlari adabiy kecha ishtirokchilariga estetik zavq ulashdi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.