TISU delegatsiyasi Bokuda

TISU delegatsiyasi Bokuda

  • 23.04.2025
  • 154
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasi Ozarbayjonga amalga oshirgan xizmat safari davomida mazkur mamlakatning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti (UNEC) bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda UNECning prorektorlari, professor Huseyn Hasanov va professor Rovnag Rzayevlar ishtirok etdi. Suhbat davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Xususan:

iqtisodiyot, biznes va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlar tashkil etish;

professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

ilmiy loyihalarda hamkorlikda ishtirok etish, tajriba almashish;

nufuzli xalqaro jurnallarda hamkorlikda maqolalar chop etish.

 

Muzokaralar natijasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilishi, xalqaro ilmiy va akademik almashinuv imkoniyatlari yanada kengayishi kutilmoqda.

Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti (UNEC) — 1930-yilda tashkil etilgan bo‘lib, iqtisodiyot, moliya, menejment, xalqaro munosabatlar va raqamli texnologiyalar kabi yo‘nalishlarda yuqori sifatli ta’lim beruvchi nufuzli oliygoh hisoblanadi. UNEC mintaqadagi eng yirik iqtisodiy ta’lim markazlaridan biri bo‘lib, xalqaro hamkorlikga katta e’tibor qaratadi.