Olima Shoira Bobomurodova bilan uchrashuv

Bugungi kunda jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini oshirish, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z salohiyatini to‘la namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, uy-ro‘zg‘or yumushlari, oilaviy mas’uliyatlar bilan bir qatorda ilm izlab, mehnat qilayotgan opa-singillarimiz, qizlarimiz zamonamiz qahramonlariga aylangan.
Ana shunday fidokor, bilimli va ma’rifatparvar ayollarimizdan biri Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Shoira Bobomurodova va talaba-qizlar o‘rtasida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.
Universitet Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan "Qizlarjon" klubi faollari tomonidan tashkil etilgan tadbir davomida olimaning hayot yo‘li, erishgan yutuqlari, bilim olishda uchragan to‘siqlari va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirish yo‘lidagi mashaqqatli mehnati haqida so‘z yuritildi.
Davra suhbatida talaba-qizlar ustozga turli savollar berishdi va o'zlariga foydali bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lishdi.