“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!”

Tadbirda O'zbekiston "Adolat" SDP Surxondaryo viloyati Kengashi rais o'rinbosari I.X.Qurbonov, Termiz shahar IIB Xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori I.Bobojonova, Termiz shahar hokimligi xotin-qizlar kengashi mutaxassisi D.Tog'ayeva va "Adolat" SDP viloyat kengashi mafkuraviy ishlar bo'yicha bosh mutaxassisi D. Raxmatovalar ishtirokida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Jumladan, xotin qizlarga ko‘rsatiladigan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari va ulardan himoyalanish, ayollarning jamiyatdagi mavqеini yanada oshirish hamda gеndеr tеnglikni ta’minlash, tazyiq va zoʼravonlikka uchragan shaxslarga himoya orderlarini berilish tartibi va ayollarni reabilitatsiya va himoya qilish markazi to‘g‘risida, shuningdek, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar, ularni oldini olish borasida fikr-mulohazalar almashildi.