Ochiq dars

Ochiq dars davomida maktabgacha yoshdagi bolalarning so‘z boyligini oshirish, ularning muloqot qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida qo‘l motorikasini rivojlantirishning samaradorligi muhokama qilindi.
Ochiq darsda talabalar bolalar bilan ish olib borishda foydalaniladigan "So‘z top", "Rasmga qarab hikoya tuz", "Qaysi biri ortiqcha?" kabi o‘yinlar bilan tanishdilar. Bunday ta’limiy o‘yinlar bolaning fikrlash qobiliyatini oshirish, muloqot madaniyatini shakllantirish va lug‘atini boyitishda muhim rol o‘ynaydi.
Dars jarayonida aqliy hujum, o‘z-o‘zini baholash va tezkor savol-javob metodlari orqali o‘tilgan mavzu mustahkamlab olindi.