TISUda "Bahor gullari" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

TISUda "Bahor gullari" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

  • 10.03.2025
  • 133
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi talaba-qizlari o‘rtasida "Bahor gullari" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

 

Tanlovda iqtidorli talaba-qizlar 4 ta shart asosida bellashdilar.

 

Qizlarning bilimi, epchilligi, zukkoligi hamda pazandalik mahorati hakamlar tomonidan baholab borildi. 

 

Tadbir so‘ngida g‘olib talabalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.