O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Rahbarligidagi xodimlarini umumiy boshqarish, o‘z vakolatlari doirasida o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘limlarga ko‘rsatmalar berish;
Ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
O‘z vakolatlari doirasida buyruq va farmoyishlar loyihasini tayyorlash;
Universitet binolari va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini boshqarish;
Binolarni joriy va kapital ta’mirlash ishlarini bajarishga rahbarlik qilish;
O‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini o‘quv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlarini boshqarish;
Xonalardagi jihozlarni talab darajada saqlanishini nazorat qilish;
Universitetdagi barcha jihozlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;
Xo‘jalik ishlariga ajratilgan mablag‘ va xo‘jalik ashyolarini tejamli sarflanishini nazorat qilish;
Universitetning atrof muhitini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qilish;
Universitetda o‘tkaziladigan majlis, konferensiya va shu kabi boshqa anjumanlarni tashkiliy ishlarini tashkil qilishi;
Binolarda yong‘in xavfsizligi ishlarini tashkil qilish.
Universitetning muhim ob’ektlarida texnika xavfsizligi va texnik ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
Universitetning mavjud ichki resurslari yoki pudratchi tashkilotlar bilan rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha muzokaralar olib borish;
Universitetning moddiy-texnik bazasi bo‘yicha har bir ob’ekt uchun alohida materiallar ro‘yxatini tuzish va tayyorlash;
Mavjud ob’ektlarni qayta ta’mirlash hamda qimmat va ulkan hajmli uskunalarni binolarga o‘rnatishga moslashtirish bo‘yicha masalalarni yechishda qatnashish;
Binolar texnik holati va jihozlanishi hamda o‘z vaqtida ta’mirlanishining nazoratini amalga oshirish;
Universitet xodimlarini mehnat xavfsizligi qoidalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish;
Universitetning moddiy-texnik bazasi va yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
Inshootlarning qayta rejalashtirilishi va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha tavsiyalar berish;
Universitetda yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish hamda elektr energiyasi, gaz va boshqa turdagi yoqilg‘ilardan foydalanishning limitlarini o‘rnatishni nazorat qilish;
Universitetga zarur materiallar va jihozlarga buyurtmalar berish va taqsimlash, omborda saqlanayotgan moddiy-texnik vositalar hisobini yuritish;
Universitetga tegishli mulkka zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha takliflar berish.
Ventilyatsiya, isitish, gaz, ichimlik suvi, kanalizatsiya, yong‘in xavfsizligi va qozonxona tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini tashkil qilish;
Gaz, issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv va boshqalarning iqtisod qilinishi va maqsadli ishlatilishini ta’minlash;
Santexnika ho‘jaligidagi avariyalar va yaroqsiz holatga kelgan vositalarning hisobini yuritish va tahlil qilish;
Universitetning gaz, issiq va sovuq suv, issiqlik energiyasi iste’moli bo‘yicha hisob-kitobini yuritish, OTMning energiya balansini tayyorlash;
Tashqi tashkilotlar bilan gaz, issiq va sovuq suv, issiqlik energiyasi iste’moli bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirish;
Ventilyatsiya, isitish, gaz, ichimlik suvi, kanalizatsiya, yong‘in xavfsizligi va qozonxona tizimlarining profilaktika ishlari va ta’mirlanishining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda ularning texnik holati usluksiz ishlashi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Santexnika tizimi va uskunalari ekspluatatsiyasi bo‘yicha hamda bo‘ysunuvchi personalning lavozimlar instruksiyasini ishlab chiqish;
Universitetni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Santexnika tizimi va uskunalarini qayta ta’mirlash va modernizatsiya qilishni loyihalashtirish tashkilotlariga buyurtma berish va ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
Instruksiya va qoidalarning buzilishidan kelib chiqqan qoidabuzarliklarga nisbatan chora ko‘rish uchun kerakli hujjatlarni rahbariyatga taqdim etish;
Santexnika xo‘jaligi ekspluatatsiyasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilish.
Tovar moddiy boyliklarini qabul qilib olish, saqlash va joy-joyiga berish, ularni xonalar va maydonchalarda oqilona joylashtirish, saqlash rejimiga rioya etish borasidagi ishlarni amalga oshirish;
Tovar-moddiy boyliklar joy-joyiga berilishini, omborxona jarayonlarini rasmiylashtirish, dastlabki kirim-chiqim hujjatlarini topshirish qoidalariga rioya etilishini tashkil qilish;
Tovar-moddiy boyliklarini ro‘yxatga olishda va taftishlarni o‘tkazishda qatnashish;
Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasiga rioya etilishini ta’minlash va nazoratini amalga oshirish;
Xo‘jalik ish samaradorligini oshirish, tovar-moddiy boyliklarni tashish va saqlash harajatlarini kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashish;
Tovar moddiy boyliklarini qabul qilib olish, saqlash va joy-joyiga berish, ularni xonalar va maydonchalarda oqilona joylashtirish, saqlash rejimiga rioya etish borasidagi ishlarni amalga oshirish;
Universitetni moddiy-texnik tomondan jihoz va buyumlar bilan ta’minlash;
Xonalardagi ishdan chiqqan jihoz va buyumlarni ta’mirlash ishlarini tashkil etish;
Bino uchun xizmat qiluvchi ishchi va texnik xodimlarni ish bilan ta’minlab, ularni boshqarish;
Universitet binosi va atrofini tozaligini ta’minlash;
Bino va undagi jihoz va buyumlarning saqlanishi yuzasidan tegishli muddatlarga hisobxonaga hisobot berish.
Gaz, issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv va boshqalarning iqtisod qilinishi va maqsadli ishlatilishini ta’minlash;
Santexnika ho‘jaligidagi avariyalar va yaroqsiz holatga kelgan vositalarning hisobini yuritish va tahlil qilish;
Universitetning gaz, issiq va sovuq suv, issiqlik energiyasi iste’moli bo‘yicha hisob-kitobini yuritish, universitetning energiya balansini tayyorlash;
Tashqi tashkilotlar bilan gaz, issiq va sovuq suv, issiqlik energiyasi iste’moli bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirish;
Xodimlar bo‘limi bilan birgalikda OTMsining yong‘in-posbon soqchiligiga xodimlarni tanlash bilan shug‘ullanish;
Tasdiqlangan xaritaga muvofiq universitet xonalari va hududini kecha-yu kunduz qo‘riqlanishini tashkil etish;
Universitet hududidagi barcha birlamchi yong‘inni o‘chirish vositalarini doimo soz va jangovor holatda bo‘lishini ta’minlaydi. Yong‘in xavfsizligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga va javobgar shaxs hisoblanadi;
O‘t o‘chirish anjomlarining o‘z vaqtida profilaktik ta’mirlanishini va yaroqsizlarini yaroqlilari bilan almashtirilishini tashkil etish;
Universitetda yong‘in chiqqan, tungi vaqtda begona shaxslar ushlangan hollarda navbatchi posbonlar qanday harakat qilishlari kerakligi xususida ularga yo‘l-yo‘riq berish;
Universitet xodimlari bilan yong‘in xavfsizligi qonun qoidalari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borilishini ta’minlaydi.
Yong‘inni o‘chirish birlamchi vositalari va qurilmalarining hamda kuzatuv kameralari, monitor va qurilmalarning butligi va yaroqligiga moddiy javobgar shaxs hisoblanadi.
Posbonlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borish.
O‘z nazorati ostidagi ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish yoki intizomiy jazo chorasi qo‘llash yuzasidan universitet rektoriga yozma ravishda o‘z takliflarini berib boradi.
Faoliyat sohasiga doir berilgan ariza va shikoyatlarni qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, qonuniy hal etilishini ta’minlaydi.
Universitet rahbariga universitetda ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, universitet faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni kiritib boradi.
uz
en
ru