Xoshimxo‘jayeva Moxirux Muzaffarovna

Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i

Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i :
Xoshimxo‘jayeva Moxirux Muzaffarovna

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning barcha ish kunlari 10:00-16:00
 LAVOZIM VAZIFALARI: 

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;

 

O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.

 

Universitet xalqaro hamkorlik faoliyatini rejalashtiradi, tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va uning samaradorligini ta’minlaydi.

 

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar, fondlar va diplomatik vakolatxonalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

 

Qo‘shma ta’lim dasturlari, ikki diplomli dasturlar, qo‘shma kafedralar, ilmiy markazlar va loyihalarni tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi.

 

Universitetga xorijiy investitsiyalar, grantlar va texnik yordam mablag‘larini jalb etish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.

 

Ta’lim mazmunini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va joriy etishni ta’minlaydi.

 

Ilg‘or xorijiy ta’lim va ilmiy tajribani o‘rganish hamda uni o‘quv va ilmiy jarayonga joriy etish ishlarini tashkil qiladi.

 

Xalqaro ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarni tashkil etishda ishtirok etadi hamda universitetning xalqaro ilmiy faolligini ta’minlaydi.

 

Xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish ishlarini tashkil etadi.

 

Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro dasturlar doirasida tayyorlanayotgan loyihalarni ko‘rib chiqadi, muvofiqlashtiradi va vakolatli organlarga taqdim etadi.

 

Xalqaro grantlar to‘g‘risida axborotlarni tizimli ravishda jamlaydi, tarqatadi va loyiha tayyorlashda fakultet va kafedralarga uslubiy yordam ko‘rsatadi.

 

Professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning xorijda o‘qishi, stajirovka o‘tashi va malaka oshirishini tashkil etadi.

 

Xorijiy talabalarni universitetga qabul qilish, o‘qitish va ulardan tushayotgan mablag‘larni hisobga olish ishlarini muvofiqlashtiradi.

 

Xorijiy fuqarolarga oid hisobotlarni belgilangan tartibda tayyorlaydi va taqdim etadi.

 

Xorijiy safarlarga yuborilayotgan universitet vakillari hujjatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va muvofiqlashtiradi.

Xorijiy davlatlar vakillari va delegatsiyalarining tashrif dasturlarini ishlab chiqadi hamda uchrashuv va muzokaralarni tashkil etadi.

 

Universitetning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan shartnoma, memorandum va kelishuvlarini huquqiy va mazmunan tahlil qiladi.

 

Xalqaro hamkorlikka oid hujjatlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishishni ta’minlaydi.

 

Xalqaro akkreditatsiya talablariga muvofiq ta’lim dasturlari, o‘quv rejalar, fan dasturlari, baholash tizimi, holatini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

 

Akkreditatsiya organlari (Vazirlik, agentlik, milliy va xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari) bilan rasmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

 

Akkreditatsiya jarayoni uchun zarur bo‘lgan hisobotlar, analitik ma’lumotlar, dalillovchi hujjatlar (evidence) tayyorlanishini tashkil etish;

 

Universitet bo‘limlari va fakultetlarida akkreditatsiya talablari bajarilishini ichki monitoring qilish;

 

Akkreditatsiya natijalari yuzasidan universitet rahbariyatiga tahliliy axborot va takliflar kiritish;

 

Akkreditatsiya jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar uchun o‘quv-seminarlar, treninglar tashkil etish;

 

Akkreditatsiya jarayoniga oid hujjatlar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish;

 

Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish va joriy etish;

 

Universitetning xalqaro reytinglarda ishtirok etishini ta’minlaydi va mazkur yo‘nalishda tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydi.

 

Universitet xalqaro imijini shakllantirish va nufuzini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

 

Xalqaro aloqalar faoliyati bo‘yicha oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni tayyorlaydi.

 

Universitet veb-sayti va axborot resurslarida xalqaro faoliyatga oid ma’lumotlarni yangilab borishga mas’ul bo‘ladi.

 

Xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyatini rejalashtiradi, nazorat qiladi va takomillashtiradi.

 

Bo‘lim xodimlarining xizmat vazifalarini belgilaydi hamda ular faoliyati uchun javobgar bo‘ladi.

 

Universitetda ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, jamiyat faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.