Shaturayev Jaxongir Narmamatovich

Strategik rivojlantirish departamenti direktori

Strategik rivojlantirish departamenti direktori :
Shaturayev Jaxongir Narmamatovich

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning barcha ish kunlari 10:00-16:00
 LAVOZIM VAZIFALARI: 

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;

 

O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.

 

Universitetning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi, konsepsiyasi va institutsional rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish.

 

Universitet faoliyatini davlat ta’lim siyosati, milliy rivojlanish strategiyalari va xalqaro tendensiyalar bilan uyg‘unlashtirish.

 

Strategik maqsadlar, ustuvor yo‘nalishlar va aniq natijalarga yo‘naltirilgan indikatorlar (KPI) tizimini shakllantirish.

 

Universitetning ta’lim, ilmiy, innovatsion, moliyaviy va xalqaro faoliyati bo‘yicha kompleks tahlillar o‘tkazish.

 

Mehnat bozori, ta’lim xizmatlari bozori va demografik tendensiyalarni o‘rganish asosida ta’lim yo‘nalishlari va qabul parametrlari bo‘yicha prognozlar tayyorlash.

 

Universitet faoliyati samaradorligini baholash, xavf-xatarlar (risk assessment*)ni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

 

Universitet boshqaruv tizimini takomillashtirish, korporativ va strategik boshqaruv tamoyillarini joriy etish.

 

Tarkibiy tuzilmani optimallashtirish, bo‘linlar o‘rtasidagi funksiyalar taqsimotini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

 

Universitet faoliyatiga loyiha boshqaruvi elementlarini joriy etishni muvofiqlashtirish.

 

Ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar va mehnat bozori talablariga muvofiq modernizatsiya qilish bo‘yicha strategik takliflar ishlab chiqish.

 

Akademik sifatni ta’minlash, ichki sifat nazorati va xalqaro akkreditatsiya jarayonlarini strategik jihatdan muvofiqlashtirish.

 

Raqamli ta’lim, gibrid va masofaviy ta’lim modellarini joriy etish bo‘yicha strategik qarorlar ishlab chiqish.

 

Universitetning ilmiy salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha strategik dasturlarni ishlab chiqish.

 

Ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish, startaplar, spin-off kompaniyalar va texnopark faoliyatini rivojlantirishni strategik muvofiqlashtirish.

 

Xalqaro va milliy grantlar, innovatsion loyihalar portfelini shakllantirishda ishtirok etish.

 

Universitetning xalqaro rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.

 

xalqaro reytinglar metodologiyasini tahlil qilish va reyting pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.

 

Xalqaro hamkorlik, qo‘shma dasturlar va ikki diplomli ta’limni strategik rivojlantirish.

 

Universitetning moliyaviy barqarorligi va diversifikatsiyalangan daromad manbalarini shakllantirish bo‘yicha strategik takliflar tayyorlash.

 

Davlat-xususiy sheriklik (PPP), xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyalarini ishlab chiqish.

 

Universitet aktivlaridan samarali foydalanish va resurslarni optimal boshqarish bo‘yicha choralar ishlab chiqish.

 

Universitetni raqamli transformatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini monitoring qilish.

 

Data-driven management (ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv) tizimini joriy etish.

 

Universitet faoliyati bo‘yicha yagona tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

 

Universitetning korporativ madaniyati, brendi va ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirish bo‘yicha strategik dasturlar ishlab chiqish.

 

Bitiruvchilar bilan hamkorlikni strategik darajada tashkil etish.

 

Universitetning jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

 

Strategik hujjatlar ijrosi bo‘yicha muntazam monitoring o‘tkazish va rektor hamda Kengashga hisobot taqdim etish.

 

Fakultet va bo‘linmalarning strategik rejalari o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash.

 

Vakolatli organlar va tashqi ekspertlar bilan hamkorlikda baholash benchmarking (bu “eng yaxshilardan o‘rganib, o‘zingni yaxshilash” usuli) ishlarini amalga oshirish.

 

Ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajaradi;

 

ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, jamiyat faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.