O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Bosh hisobchi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni, buxgalteriya hisobining milliy standartlari hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiradi.
Universitetning moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etadi va yuritadi.
Universitetda ishlatiladigan tovar-moddiy boyliklar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘lardan tejamkor, maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi hamda nazorat qiladi.
Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.
Tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida professor-o‘qituvchilar va xodimlar ish haqlarining to‘g‘ri hisoblanishi hamda ish haqi fondining maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.
Hisob varaqalarda aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlar bo‘yicha to‘liq hamda aniq buxgalteriya ma’lumotlarini shakllantiradi.
Pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklarning inventarizatsiyasini belgilangan muddatlarda tashkil etadi va o‘tkazilishini nazorat qiladi.
Samarali boshqaruvni ta’minlash maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtiradi va tahlil qiladi.
Moliyaviy, soliqqa oid, statistik va boshqa majburiy hisobotlarni tuzadi hamda belgilangan muddatlarda tegishli tashkilotlarga taqdim etilishini ta’minlaydi.
Respublika va mahalliy budjetlarga hisoblangan soliqlar va majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qiladi.
Oylik, choraklik va yillik hisobotlarning belgilangan muddatlarda taqdim etilishini ta’minlaydi.
Bankdan olingan pul mablag‘larining maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.
Universitet korporativ kartalari bo‘yicha kirim-chiqim hisobotlarini tuzadi va mablag‘larning maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarning yuzaga kelmasligi hamda muddatidan o‘tib ketmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.
Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda omborxonaga qabul qilish, saqlash va chiqim qilish jarayonlarini nazorat qiladi.
Universitet mablag‘larining tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini ta’minlaydi.
Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar inventarizatsiyasining sifatli va qonunchilik talablariga muvofiq o‘tkazilishini nazorat qiladi.
Kassa ishlari va kassa operatsiyalarining belgilangan tartibda yuritilishini nazorat qiladi.
Bank hujjatlarini rasmiylashtiradi va xarajatlar smetasining ijro etilishini tahlil qiladi.
Vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik varaqalari bo‘yicha nafaqalarning to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini nazorat qiladi hamda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Kirim-chiqim hujjatlari aylanishi, pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar harakatining qonuniy va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.
Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalarning ro‘yxatga olinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Pul mablag‘lari va tovar-moddiy boyliklar kamomadlari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi.
Pulga aloqador birlamchi hujjatlar va buxgalteriya hisobotlarining o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi.
Asosiy vositalar, naqd pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar va boshqa moddiy qimmatliklar inventarizatsiyasini tashkil etadi va uning to‘g‘ri o‘tkazilishini nazorat qiladi.
Inventarizatsiya va tekshiruvlar natijasida aniqlangan kamomadlarni undirish va ortiqcha mablag‘larni kirim qilish bo‘yicha mutasaddi xodimlar bilan hamkorlikda monitoring olib boradi.
Kamomadlar va talon-torojlik holatlarining oldini olish tadbirlarida faol ishtirok etadi.
Asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarning to‘liq kirim qilinishi hamda buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshiradi.
Moddiy javobgar shaxslardan oyma-oy kirim-chiqim hisobotlarini qabul qiladi va tekshiradi.
Universitet g‘aznasida me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan ichki auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazadi.
Asosiy vositalar va tez eskiruvchi moddiy qiymatliklarni balansdan chiqarish jarayoni ustidan ichki nazoratni amalga oshiradi.
Kommunal xizmatlar uchun belgilangan limitlarga rioya etilishini nazorat qiladi.
Kirim-chiqim hujjatlarida yoki mansabdor shaxslar faoliyatida noqonuniy holatlar aniqlanganda universitet rahbariyatini yozma ravishda xabardor qiladi.
Daromadlar va xarajatlar smetasini tayyorlash uchun zarur ma’lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi.
Xarajatlar smetasidagi mablag‘larning maqsadli, to‘g‘ri va samarali sarflanishini nazorat qiladi.
Universitet binolari va hududlaridagi bo‘sh joylarni ijaraga berish bo‘yicha ijara va kommunal shartnomalarini rasmiylashtirishda ishtirok etadi.
Ijara va kommunal to‘lovlarning ijarachilar tomonidan o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qiladi.
Har oyning 15 va 30-sanalariga qadar xodimlarning tabellarini qabul qilishni nazorat qiladi.
Rejali va tahliliy moliyaviy hisobotlarni tayyorlaydi.
Talabalarning kontrakt to‘lovlaridan tushadigan mablag‘larni hisobga olishni nazorat qiladi.
Mas’ul xodimlar tomonidan berilgan ro‘yxatlar asosida mablag‘larni plastik kartalarga o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Faoliyat sohasiga oid ariza va shikoyatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Universitet moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi.
Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajaradi.
Bo‘lim faoliyatiga taalluqli boshqa qonuniy topshiriqlarni bajaradi.
uz
en
ru