O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yagona strategiya va siyosatni ishlab chiqish, uni xalqaro standartlar asosida joriy etish va doimiy yangilab borish.
Korrupsiyaga qarshi ichki me’yoriy hujjatlarni (kodekslar, reglamentlar, standart tartiblar) ishlab chiqish va ularning ijrosini nazorat qilish.
Ta’lim jarayoni, imtihonlar, baholash, qabul, qayta tiklash, grant va kontrakt masalalarida korrupsiya xavf-xatarlarini muntazam tahlil qilish.
Moliya-xo‘jalik faoliyati, davlat xaridlari, tenderlar, shartnomalar va investitsiya loyihalarida korrupsiyaga oid risklarni baholash.
Xavf-xatarlar xaritasini (Risk Map) ishlab chiqish va har yili yangilab borish.
Aniqlangan risklarni kamaytirish bo‘yicha profilaktik va tizimli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, baholash va bartaraf etish bo‘yicha ichki mexanizmlarni joriy etish.
Rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar va mas’ul shaxslar uchun manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyalarini joriy etish va monitoring qilish.
Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha xulosalar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish.
Korrupsiya holatlari bo‘yicha ishonchli va maxfiy xabar berish kanallarini (telefon, elektron pochta, onlayn platforma) joriy etish.
Xabar bergan shaxslarni qonuniy himoya qilish mexanizmlarini ta’minlash (O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro tajribaga muvofiq).
Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlarini tashkil etish va ular yuzasidan xulosa tayyorlash.
Universitet bo‘limlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi talablar bajarilishini doimiy monitoring qilish.
Ichki komplaens auditlarini tashkil etish va o‘tkazish (COSO ichki nazorat modeli asosida).
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli bo‘limlarga taqdimnoma va ko‘rsatmalar kiritish.
Har chorakda kamida bir marotaba professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etish.
Xalqaro tajribadan kelib chiqib, interaktiv treninglar, keys-stadilar va simulyatsiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
Korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirishga qaratilgan axborot materiallari va metodik qo‘llanmalar tayyorlash.
Universitetning rasmiy veb-saytida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ma’lumotlarni joylashtirish va yangilab borish.
Qabul, imtihon, baholash va moliyaviy jarayonlarda ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlar tayyorlash.
Xalqaro reytinglar va indekclar talablariga muvofiq tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.
Qaror qabul qilish uchun rahbariyatga tahliliy ma’lumotnoma va takliflar kiritish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, prokuratura va boshqa vakolatli organlar bilan hamkorlik qilish.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda materiallarni tegishli organlarga taqdim etish.
Xorijiy OTMlar va xalqaro tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatidagi tajribasini o‘rganish va joriy etish.
Komplaens-nazorat tizimini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida innovatsion usul va yondashuvlarni joriy etish.
Ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, jamiyat faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.
uz
en
ru