Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tarkibida faoliyat yuritayotgan Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi 2025-yil 2-sentyabrda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida ta’lim jarayonining sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda iste’dodli talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuksak natijalarga erishib kelmoqda.
Kafedraga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Salomov G‘ulom Yuldoshevich rahbarlik qiladi. Bugungi kunda kafedrada 14 nafar malakali professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ularning 5 nafari dotsent, 5 nafari katta o‘qituvchi bo‘lib, jamoa ta’lim sifatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
- Texnologiya taʼlimi nazariyasi va metodikasi;
- Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi;
- Husnixatni o‘qitishda innovatsion texnologiyalar;
- Matematika va uni o‘qitish metodikasi;
- Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi;
- Boshlang‘ich ta’limda matn ustida ishlash metodikasi;
- Imloviy-punktuatsion savodxonlik;
- Matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish;
- STEAM ta’limi asoslari;
10. Matematika darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
11. Matematikadan xalqaro baholash dasturlari;
12. Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya va integratsiya;
13. Husnixat o‘qitish texnologiyasi.
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi;
- Xalqaro baholash tizimi;
- Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi;
- Boshlang‘ich sinfda ona tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar;
- Boshlang‘ich ta’lim fanlar nazariyasi.
2025–2026-o‘quv yilida kafedra ilmiy salohiyati sezilarli darajada oshdi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy izlanishlar faollashib, ilmiy daraja va unvonlar olish bo‘yicha muhim natijalarga erishildi.
Misol uchun, Badalov Kamoliddin Raxmatovichning
“Imitatsion paradigma asosida talabalarni pedagogik faoliyatni konstruktiv tashkil etishga tayyorlash texnologiyalari” mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy seminari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Salomov G‘ulom Yuldoshevichga va Eshboyeva Surayyo Qahramon qiziga dotsent ilmiy unvoni berildi.
Navro‘za Saloxitdinova “So‘z bu kuch” notiqlik forumida ishtirok etdi va “Eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizator” tanlovida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
Kafedra o‘qituvchilari muntazam ilmiy izlanishlar olib borib, xalqaro va respublika darajasidagi ilmiy seminarlarda faol ishtirok etishmoqda. N.Salohitdinova Turkiya davlatida malaka oshirib qaytdi. Ayni paytda bir qator dissertatsiya ishlari bo‘yicha ilmiy seminarlar muvaffaqiyatli tashkil etilib, kafedra a’zolari xalqaro ilmiy konferensiyalarda onlayn va oflayn tarzda muntazam qatnashib kelmoqda.
2025–2026-o‘quv yilida kafedra o‘qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq ilmiy maqola chop etildi. Ulardan Scopus bazasida nashr etilgan maqolalar soni 8 ta, OAK jurnallarida chop etilgan maqolalar 8 ta, xalqaro jurnallardagi maqolalar 5 tani tashkil qiladi.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha alohida reja ishlab chiqilgan. Talabalarga ilmiy rahbarlar biriktirilgan, ular bilan muntazam ilmiy maslahatlar, seminarlar o‘tkazilmoqda. Rektor stipendiyasiga 3 nafar talaba sazovor bo‘ldi. Bu talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalarning faol ishtirokchilari hisoblanadi. Bundan tashqari, talabalar ishtirokida kafedra tomonidan “Zakovat” intellectual o‘yinlari, mlliy an’analarimizni aks ettiruvchi qator tadbirlar ham muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi qisqa vaqt ichida nafaqat ta’lim jarayonini sifatli yo‘lga qo‘ydi, balki ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda sezilarli natijalarga erishdi. Kafedra oldinda ham zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yosh kadrlarni tayyorlashda ilg‘or yutuqlarga erishishni maqsad qilgan.

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
+998 94 600 22 72

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent
+ 998 93 494 18 41

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
+ 998 99 643 69 99

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
+ 998 90 521 15 10

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
+998 97 554 10 23

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
+998 91 906 14 77

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
+998 97 455 92 25

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
+ 998 91 588 72 00

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
+998 93 899 67 67

O'qituvchi
+998 97 785 08 12

O'qituvchi
+998 94 686 16 99

O'qituvchi
+998 97 635 40 40

O'qituvchi
+998 99 679 66 36
uz
en
ru