Ruziyev Oybek Avlayevich Tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Terapevtik fanlar kafedrasi mudiri

Terapevtik fanlar kafedrasi mudiri :
Ruziyev Oybek Avlayevich Tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning barcha ish kunlari 10:00-16:00

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti qoshida Terapevtik fanlar kafedrasi 2025–2026 o‘quv yilida tashkil etilib, qisqa fursatda ilmiy-pedagogik potensialga ega bo‘lgan markaz sifatida shakllanmoqda. Kafedrada jami 10 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritib, ularning 2 nafari dotsent, 15 nafari o‘rindosh o‘qituvchilardir.

 

Kafedraga Ruzyiev Oybek Avlayevich rahbarlik qiladi. U 2025-yil 26-sentyabr kuni 14.00.02 – Morfologiya ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilib, Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan.

 

Kafedraning o‘quv faoliyati

Kafedrada tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat ta’lim dasturlarida quyidagi fanlardan darslar olib boriladi:

  • Klinik laborator diagnostika
  • Pediatriya
  • Ichki kasalliklar
  • Endokrinologiya
  • Dermatovenerologiya
  • Ftiziatriya
  • Klinik farmakologiya
  • Terapiya va klinik farmakologiya
  • Nevrologiya
  • Psixiatriya
  • Sog‘lom turmush tarzi

 

Mazkur fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, klinik misollar, interaktiv metodlar asosida olib borilmoqda.

 

Ilmiy-tadqiqot faoliyati

 

Kafedrada “Surunkali noinfeksion kasalliklarning tashxisoti, davosi va profilaktikasining ustuvor muammolari” mavzusida ilmiy tadqiqotlar yo‘lga qo‘yilgan. Ilmiy ishlanmalar DSc va PhD dasturlari doirasida quyidagi mavzularda amalga oshirilmoqda:

DSc darajasi uchun:

O.A. Ruziyev – “Kardiovaskulyar kasalliklarning kechishida turli xavf omillarining o‘rni va profilaktik strategiyalarni takomillashtirish” (14.00.05 – Ichki kasalliklar)

D.A. Ochilova – “Eksperimental dislipidemiya sharoitida turli xavf omillari ta’sirida arteriya qon-tomirlari va buyrakdagi morfologik o‘zgarishlarning qiyosiy tavsifi” (14.00.02 – Morfologiya)

PhD darajasi uchun:

D.B. Bo‘rieva – Surunkali giperplastik laringitni tashxislash va davolashni takomillashtirish (14.00.04 – Otorinolaringologiya)

Z.F. Alimova – Intrakranial gipertenziya sindromida neyro-oftalmologik simptomlarni o‘rganish (14.00.13 – Nevrologiya)

N.A. Xolboev – Jigar shikastlanishida oshqozon morfologik ko‘rsatkichlari (14.00.02 – Morfologiya)

B.A. Kibriev – Ichakdagi chandiqli jarayonlarning gormonal terapiyasidan keyingi qalqonsimon bezdagi o‘zgarishlar (14.00.02 – Morfologiya)

A.Ch. Choriev – Jigar shikastlanishi sharoitida bosh miya morfologik ko‘rsatkichlari (14.00.02 – Morfologiya)

 

Kafedra qoshida talabalarning qiziqishlari va kasbiy yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida bir nechta ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritadi:

  • “Klinik laborator diagnostika” — rahbar: D.A. Ochilova
  • “Yosh kardiologlar” — rahbar: O.A. Ruziyev
  • “Yosh nevrologlar” — rahbar: Z.F. Alimova
  • “Yosh pediatrlar” — rahbar: D.B. Buriyeva
  • “Yosh endokrinologlar” — rahbar: B.A. Kibriyev

 

Mazkur to‘garaklar talabalarning ilmiy izlanishlari, klinik ko‘nikmalarini oshirish va amaliy tajriba orttirishlariga xizmat qiladi.

 

Xalqaro hamkorlik

Kafedra o‘qituvchilari xalqaro ilmiy maydondagi faolligi bilan ham ajralib turadi. Jumladan, kafedra mudiri O.A. Ruziyev va dotsent D.A. Ochilova 2025-yil 16–17-oktyabr kunlari Tojikiston tibbiy-ijtimoiy institutida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etib, o‘z ilmiy natijalari bilan bo‘lishdilar. Bundan tashqari kafedrada Chexiya, Indoneziya va Turkiya davlatlariga borib malaka oshirib kelgan o'qituvchilar mavjud.

 

Iqtidorli talabalar bilan ishlash

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu reja quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • talabalarni ilmiy rahbarlarga biriktirish;
  • ilmiy yo‘nalishlarni tanlash;
  • muntazam ilmiy maslahatlar tashkil etish;
  • talabalarni ilmiy-amaliy konferensiyalarga tayyorlash va jalb qilish.

 

Bu faoliyat talabalarning mustaqil ilmiy fikrlashi, tahliliy qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Kafedra yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularning vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar o‘quv yiliga mo‘ljallangan reja asosida olib boriladi.

  • Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar:
  • Sog‘lom ovqatlanish, stress-menejment va jismoniy faollik bo‘yicha treninglar
  • Qon bosimi, glyukoza, tana vazni indeksini aniqlash aksiyalari
  • “Yosh tibbiyot xodimi” kuni
  • “Eng yaxshi tibbiy rivoyat, afsona va haqiqat” tanlovi
  • Temirtanqislik, gipertoniya va diabet profilaktikasi bo‘yicha ochiq darslar
  • Vatanparvarlik tadbirlari:
  • “Mening Vatanim — mening mas’uliyatim” mavzusida davra suhbati
  • Faxriylar bilan uchrashuvlar
  • O‘zbekiston tarixi va mustaqillik g‘oyalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar
  • “Yoshlar va milliy g‘oya” debatlari
  • Muzey va tarixiy obidalarga ekskursiyalar

 

Terapevtik fanlar kafedrasi qisqa muddatda ilmiy-pedagogik salohiyatini shakllantirib, ta’lim, ilmiy-tadqiqot, yoshlar tarbiyasi va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida izchil natijalarga erishib kelmoqda. Kafedra faoliyati nafaqat zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash, balki yoshlarni ma’naviy yetuk va Vatanga sadoqatli bo‘lib ulg‘ayishlariga ham xizmat qiladi.

 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

 

  Qurbanov To'qtosh Alimovich
 Tibbiyot fanlari nomzodi, v.b. dotsent
 +998 90 017 29 05

 

 

 Ochilova Dilorom Abdukarimovna
  Tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
  +998 90 635 44 88

 

 


  Alimova Zebiniso Farhodjon qizi
  O'qituvchi
  +998 77-776-86-68

 

 

  Bo'riyeva Dilnoz Baxriddinovna
  O'qituvchi
 +998 97 744 03 29

 

 

 

 Kibriyev Behruz Abduraxmonovich
 O'qituvchi
 +998 88 850 30 30

 

 

 Xusanov Sayidbek Almat o'g'li
 O'qituvchi
 +998 97 846 02 93

 

 

 Xolboyev Norbek Aliniyozovich
 O'qituvchi
 +998 99 121 21 16