Stomatologiya fanlar kafedrasi 2025-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida o‘zining o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bilan fakultetning yetakchi bo‘limlaridan biriga aylanib ulgurdi. Kafedra tibbiyot sohasida zamonaviy stomatolog-kadrlarni tayyorlash, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro standartlarga mos ilmiy izlanishlarni rivojlantirishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib qo‘ygan. Kafedra tarkibida 1 nafar dotsent, 4 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. 26 nafar o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida o‘quv jarayonlarida ishtirok etib kelishmoqda. Kafedra mudiri Pardayev Anvar Misirovich. Kafedra tarkibidagi pedagoglar yuqori malakali bo‘lib, zamonaviy stomatologik texnologiyalar, klinik mashg‘ulotlar va amaliy jarayonlarni nazariyot bilan uyg‘unlashtirgan holda ta’lim beradi.
- Stomatologiyaga kirish;
- Preklinik restavratsion stomatologiya;
- Ortopedik stomatologiya propedevtikasi;
- Klinik restavratsion stomatologiya;
- Klinik endodontiya;
- Stomatologik kasalliklar profilaktikasi;
- Fakultet ortopedik stomatologiya;
- Xirurgik stomatologiya;
- Bolalar kariyesologiyasi;
- Paradontologiya;
- Yuz-jag‘ kasalliklari va jarohatlari;
- Ortodontiya;
- Bolalar gospital terapevtik stomatologiya.
- Tish qattiq to‘qima kasalliklari va uning asoratlari;
- Ijtimoiy pediatriya;
- Parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari;
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi;
- Stomatologiya xususiy asoslari;
- Stomatologiya umumiy asoslari;
- Kariyesologiya.
Ushbu fanlar bo‘yicha o‘quv jarayoniga yangi avlod diagnostika vositalari, simulyatsion modellar, real klinik holatlar va muqobil amaliyotlar integratsiya qilingan.
2025–2026 o‘quv yilida kafedra o‘qituvchilari ilmiy salohiyat bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishdi. Jumladan Oqboyev Zayrulla Bo‘riyevic mustaqil izlanuvchi sifatida o‘zining PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, PhD ilmiy darajasini qo‘lga kiritdi va v/b dotsent lavozimiga tavsiya qilindi.
Bu kabi yutuqlar kafedra ilmiy muhitining mustahkamligi va yosh ilmiy kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyati natijasidir.
2025–2026 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro ilmiy jurnallarda, xalqaro konferensiya to‘plamlarida, respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
Bu ko‘rsatkich kafedraning ilmiy salohiyati yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra talabalar ilmiy rahbarlarga biriktirilib, talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalarga jalb qilinmoqda. Misol uchun, Stomatologiya 22-02 guruh talabasi Allamurotova Baxtigul Boymurotovna 2024–2025 o‘quv yilida Buxoro davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan “Abu Ali Ibn Sino ta’limotidan III Renessansgacha” nomli 4-Xalqaro olimpiadada ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu natija kafedraning iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini yana bir bor tasdiqlaydi.
2025–2026 o‘quv yilida kafedrada “Yosh Stomatologlar” to‘garagi tashkil etildi. To‘garakda 20 nafarga yaqin iqtidorli talabalar faol ishtirok etib, klinik ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.
Kafedra yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini singdirish, kelajakda jamiyatga foyda keltiradigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishiga xizmat qilish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirib keladi. Turli uchrashuvlar, ma’naviy kechalar, dolzarb mavzulardagi suhbatlar, seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), v.b. dotsent

O'qituvchi

O'qituvchi

O'qituvchi

O'qituvchi

O'qituvchi
uz
en
ru