Tibbiy profilaktik fanlar kafedrasi 2025-yilda tashkil etilgan boʻlib, u tibbiyot sohasidagi profilaktika yoʻnalishini oʻquv jarayoniga samarali tarzda joriy etish, kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida faoliyat yuritadi.
Kafedraga tajribali mutaxassis — Xolmurodov Inoyatullo Ismatulloevich, klinik ordinator rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada 6 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Kafedraning barcha a'zolari oʻz sohasi boʻyicha tajribali, amaliy tibbiyot va ilmiy sohada faol ish olib borayotgan mutaxassislardan iborat.
-
Normal fiziologiya;
-
Fiziologiya – YUJS fiziologiyasi;
-
Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya;
-
Tibbiyot tarixi;
-
Gigiyena. Tibbiy ekologiya;
-
Gigiyena, harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya;
-
Yuqumli kasalliklar. Bolalar yuqumli kasalliklari;
-
Dori vositalari ishlab chiqarishning gigiyenik asoslari;
-
Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish;
-
Radiatsion gigiyena;
-
Mikrobiologiya;
-
Yuqumli kasalliklar.
Bu fanlar orqali talabalarga zamonaviy profilaktik tibbiyot, epidemiologiya, immunologiya va sanitariya sohalarida etuk bilim berilib, amaliyot bilan bogʻliq malakalar mukammal oʻrgatiladi.
Kafedra oʻqituvchilari tomonidan 2025–2026 oʻquv yili davomida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallar hamda konferensiya toʻplamlarida 10 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar chop etildi.
Ilmiy izlanishlar asosan quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshirilmoqda:
• Mikrobiologiya va immunologiya;
• Gigiyena va jamoat salomatligi;
• Yuqumli kasalliklarning profilaktikasi;
• Tibbiy ekologiya.
Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish, xorijiy jurnallar bilan hamkorlik qilish va yosh mutaxassislarni ilmga jalb etishni asosiy ustuvor vazifalardan biri deb biladi.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashning maxsus rejasi ishlab chiqilgan boʻlib, u quyidagi imkoniyatlarni oʻz ichiga oladi:
• Talabalarga ilmiy rahbarlar biriktirish;
• Ilmiy mavzularni aniqlab berish;
• Ilmiy maslahatlar va seminarlar oʻtkazish;
• Talabalarni respublika va xalqaro konferensiyalarga chiqarish.
Hozirda bir qator talabalar ilmiy toʻgaraklar faoliyatida, ilmiy-amaliy tadbirlarda faol qatnashib, maqolalari bilan konferensiyalarda ishtirok etmoqda.
Kafedra nafaqat oʻquv va ilmiy jarayonni, balki talabalarning ma'naviy tarbiyasini ham muhim yoʻnalish sifatida qarab keladi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida:
• Vatanparvarlikka oid suhbatlar;
• Milliy istiqlol gʻoyasiga sodiqlikni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar;
• Talabalarda insonparvarlik, mas'uliyat va faol fuqarolik pozisiyasini kuchaytirish maqsadida uchrashuvlar;
• Soha mutaxassislari bilan ma'rifiy uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Tibbiy profilaktik fanlar kafedrasi qisqa vaqt ichida oʻzining oʻquv, ilmiy va ma'naviy faoliyati bilan universitetning muhim boʻlinmalaridan biriga aylanib ulgurdi. Kafedra kelgusida profilaktik tibbiyot sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va talabalarning ijtimoiy-ma'naviy oʻsishiga hissa qoʻshishni davom ettiradi.

O'qituvchi

O'qituvchi

O'qituvchi

O'qituvchi

O'qituvchi
uz
en
ru