Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Tibbiyot fakulteti tarkibida faoliyat yuritayotgan Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi 2025-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida fakultetning ilmiy va ta’limiy jarayonlarida muhim o‘rin egallab kelmoqda.
Kafedra tashkil topgan kundan boshlab tibbiyot ta’limining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan fundamental fanlar bo‘yicha yuqori sifatli ta’lim berish, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib qo‘ygan.
Kafedraga Kenjayev Yodgor Mamatqulovich rahbarlik qiladi. Kafedrada jami 8 nafar asosiy shtatdagi o‘qituvchi faoliyat yuritadi, shundan:
- 1 nafar – dotsent,
- 1 nafar – katta o‘qituvchi,
- 6 nafar – o‘qituvchi.
Shuningdek, o‘quv jarayoniga 7 nafar o‘rindosh pedagog jalb qilingan bo‘lib, ulardan:
- 1 nafar – professor,
- 1 nafar – dotsent,
- 5 nafar – o‘qituvchi-stajyor hisoblanadi.
Bu tarkib kafedraning ta’lim jarayonini yuqori saviyada tashkil etish imkonini bermoqda.
Kafedra quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha fundamental fanlarni o‘qitadi:Davolash ishi, Stomatologiya, Pediatriya ishi, Farmatsiya.
- Gistologiya, sitologiya va embriologiya
- Patologik anatomiya
- Patologik fiziologiya
- Sud tibbiyoti. Shifokorning huquqiy asoslari
- Valeologiya
Mazkur fanlar tibbiyotning nazariy asoslarini shakllantirishda, klinik tafakkur rivojida va talabalarning tibbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Kafedra jamoasi ilmiy izlanishlar yo‘lida faol harakat qilmoqda. O‘qituvchilar muntazam ravishda ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar, malaka oshirish dasturlari va innovatsion ta’lim loyihalarida qatnashib kelmoqda.
Xalikova Nigina Ravshanovna — patologik fiziologiya fani o‘qituvchisi 2024–2025 o‘quv yilida Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlarida malaka oshirib qaytdi. U shuningdek, TISU iqtidorli talabalari bilan amaliy akademik almashinuv dasturida ishtirok etib, talabalar jamoasiga rahbarlik qildi.
Kafedra o‘qituvchilari 2024–2025 va 2025–2026 o‘quv yillarida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda faol qatnashdi. Jumladan:
- “International Scientific Innovation Research Conference” (Fransiya)
— “Comprehensive Overview of Uterine Fibroids…” mavzusi (online), Yo.M. Kenjayev, 2025-yil yanvar. - “International Conference on Medicine, Science, and Education” (Germaniya)
— “Erectile Dysfunction: Causes, Treatment, and Prevention” (online), Yo.M. Kenjayev, 2025-yil fevral. - “Conference of Natural and Applied Sciences in Scientific Innovative Research” (O‘zbekiston)
— “Buyrak tosh kasalligi: sabablari, belgilari va zamonaviy davolash usullari” (online), Yo.M. Kenjayev, 2025-yil fevral. - “Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari” — Respublika ilmiy-amaliy anjumani (offline), TISU, 2025-yil.
— Yo.M. Kenjayev, O.A. Eshqobilov, U.X. Ahmedov, N.R. Xalikova, A.M. Xursanov ishtirok etdi. - Tojikiston – V Xalqaro tibbiy konferensiya (offline), 2025-yil, 16–17 oktyabr
Yo.M. Kenjayev quyidagi mavzularda ishtirok etdi:
— “Ish sharoiti va ekologik omillarning sanoat ishchilari salomatligiga ta’siri”
— “Onkologik kasalliklarni erta aniqlashda immunogistokimyo imkoniyatlari”
2024–2025 va 2025–2026 yillarda kafedra o‘qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar xalqaro hamda respublika ilmiy nashrlarida chop etildi.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqilgan bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- talabalarning ilmiy rahbarlarga biriktirilishi,
- ilmiy yo‘nalishlarini belgilash,
- muntazam ilmiy maslahatlar o‘tkazish,
- talabalarni konferensiya, tanlov va olimpiadalarga jalb etish.
Kafedrada quyidagi to‘garaklar faoliyat yuritmoqda:
- “Yosh gistologlar”
- “Yosh patanatomlar”
- “Yosh patfiziologlar”
Ushbu to‘garaklarda 200 dan ortiq iqtidorli talabalar faol ishtirok etmoqda. Talabalar Respublika va Xalqaro konferensiyalar hamda fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, universitet nufuzini oshirishga hissa qo‘shmoqda.
Kafedra yosh avlodni:vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,milliy mustaqillik g‘oyalariga sadoqat,kasbiy mas’uliyat,tibbiyot etikasiga hurmatruhida kamol toptirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam amalga oshirib kelmoqda.
2024–2025 o‘quv yilidagi tadbir
Tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Qahramoni, taniqli oftalmolog Muhammadiyev Rahmon Omonovich bilan davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuv davomida professorning ilmiy faoliyati, tibbiyot sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi, yosh shifokorlarga bergan maslahatlari talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Uchrashuv talabalarda yetuk, fidoyi, xalq xizmatiga tayyor shifokor bo‘lish istagini yanada mustahkamladi. Kelgusi o‘quv yilida ham taniqli tibbiyot olimlari va amaliyotchi shifokorlar bilan uchrashuvlar, ma’rifiy-ma’naviy suhbatlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi qisqa muddat ichida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bo‘yicha katta natijalarga erishdi. Kafedra jamoasining mas’uliyati, yuksak ilmiy salohiyati va tashabbuskorligi tufayli universitetda fundamental tibbiy fanlar bo‘yicha bilim berish sifati sezilarli darajada oshib bormoqda.
Kafedra kelgusida ham tibbiy ta’lim sifatini yuksaltirish, innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida faoliyatini izchil davom ettiradi.

Biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
+99850 301 01 69

O'qituvchi
+998 90 374 34 49
Xalikova Nigina RavshanovnaO'qituvchi

O'qituvchi
+998 97 260 06 16

O'qituvchi
+998 91 191 01 31

O'qituvchi
+998 90 240 08 88

O'qituvchi
uz
en
ru