Saidov Jasur Baxtiyarovich

Tibbiy klinik fanlar kafedrasi mudiri

Tibbiy klinik fanlar kafedrasi mudiri :
Saidov Jasur Baxtiyarovich

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning barcha ish kunlari 10:00-16:00
KAFEDRA TARIXI

Tibbiy klinik fanlar kafedrasi 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lib, tibbiyot ta’limi sifatini oshirish, zamonaviy klinik yondashuvlarni talabalarga yetkazish hamda xalqaro standartlarga mos mutaxassislar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Kafedra tashkil etilgan ilk yildanoq ilmiy salohiyatga, o‘quv jarayonini modernizatsiya qilishga va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Saidov Jasur Baxtiyorovichkafedra mudiri sifatida 14 nafar pedagog-xodimlarga boshchilik qilmoqda. Oqituvchilarning 1 nafari dotsent. Pedagoglar klinik tajribaga ega bo‘lib, talabalarga amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda faol ishtirok etishadi.

 

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

 

Bakalavriat yo‘nalishlari:
  1. Ichki kasalliklar propedevtikasi;
  2. Bolalar kasalliklari propedevtikasi;
  3. Umumiy xirurgiya;
  4. Tibbiy radiologiya;
  5. Simulyatsion o‘qish;
  6. Xirurgiya, neyroxirurgiya, tez tibbiy yordam asoslari;
  7. Tibbiyot kasbiga kirish.

Mazkur fanlar bo‘yicha darslar zamonaviy texnologiyalar, simulyatsion o‘quv trenajyorlari va amaliy mashg‘ulotlar bilan boyitilgan bo‘lib, talabalarda klinik fikrlash va amaliy tayyorgarlikni rivojlantirishga qaratilgan.

 

XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI

Kafedra oqituvchilari muntazam ravishda xalqaro malaka oshirish dasturlarida ishtirok etib kelishmoqda.

1. Ichki kasalliklar propedevtikasi fani o‘qituvchisi Xolliyeva Mohigul Ravshanovna 2024–2025 o‘quv yili bahorgi semestrida, aprel oyida Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlarida malaka oshirib qaytdi.
Shuningdek, TISUning iqtidorli talabalari bilan amaliy akademik almashinuv dasturi doirasida Turkiyaga tashrif buyurgan talabalar jamoasiga rahbarlik qildi.

2. Bolalar kasalliklari propedevtikasi fani o‘qituvchisi Xudoyqulova Zebo Ravshanovna — 2025–2026 o‘quv yili kuzgi semestrining noyabr–dekabr oylarida Indoneziya davlatida malaka oshirmoqda.
U ham iqtidorli talabalar bilan xalqaro akademik almashinuv dasturlarida faol ishtirok etib, talabalarga rahbarlik qilib kelmoqda.

 

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

Kafedra o‘qituvchilari so‘nggi yillarda mahalliy va xalqaro ilmiy platformalarda faol ishtirok etib, klinik tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Misol uchun, J.Saidov 2025-yil yanvar oyida Fransiyada bo‘lib o‘tgan “International scientific innovation research сonference” xalqaro konferensiyada “Comprehensive overview of uterine fibroids: causes, symptoms, diagnosis and treatment options” mavzusidagi ma’ruzasi bilan, shu yili fevral oyida esa Germaniyada bo‘lib o‘tgan “International conference on medicine, science, and education” nomli xalqaro konferensiyada
“Erectile dysfunction: causes, treatment, and prevention” mavzusida ma’ruzasi bilan, ishtirok etgan. Shuningdek, 2025-yilda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o‘tkazilgan “Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari” respublika ilmiy-amaliy anjumanida kafedra o‘qituvchilari – J. Saidov, X. Shermatov, Sh. Aminqulov, M. Xolliyeva va N. Abdusamiyevalar faol qatnashdilar.

2024–2025 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro ilmiy jurnallarda hamda respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etildi.

 

IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqilgan. Ushbu reja asosida talabalar ilmiy rahbarlarga biriktirilib, muntazam ilmiy maslahatlar o‘tkazilmoqda. Jarayonda ularni ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etishga jalb qilinmoqda.

Kafedrada yosh tibbiyotchilar, yosh terapevtlar va yosh xirurglar to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu to‘garaklarga 150 nafardan ortiq iqtidorli talabalar jalb qilingan. To‘garak a’zolari respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda, fan olimpiadalarida ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.

 

MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYAT

Kafedra talabalarda vatanparvarlik, kasbiy mas’uliyat, milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, 2024–2025 o‘quv yili bahorgi semestrida Tibbiyot fakultetida O‘zbekiston Qahramoni, tibbiyot fanlari doktori, professor Muhammadiyev Rahmon Omonovich ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda afsonaviy oftalmologning hayot yo‘li va tibbiyotdagi ulkan yutuqlari, zamonaviy oftalmologiyaning dolzarb masalalari, yosh shifokorlar oldidagi mas’uliyat va imkoniyatlar haqida suhbat olib borildi. Talabalar ushbu uchrashuvdan katta taassurot olib, kelajakda Vatan salomatligiga hissa qo‘shadigan yetuk shifokor bo‘lishni o‘z oldilariga maqsad qilib olishdi.

 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

 

 

 Aminqulov Shahrijaxon O`tkir o`g`li
 O'qituvchi

 

 

 

 

  Bekmirzayev Eshquvvat Ro‘ziboyevich
 O'qituvchi

 

 

 

  Jumayev Mamaziyo Yusupovich
 Tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), v.b. dotsent

 

 

 

 

 Xalbayeva Zarina Kaxramonovna
 O'qituvchi

 

 

 

 

  Ibrohimova Gulmira Rashidovna
 O'qituvchi

 

 

 

  Po‘latov Muhriddin Qo‘zimurodovich
 O'qituvchi

 

 

 

 Saidov Xusniddin Shamsiddin o’g’li
 O'qituvchi

 

 

 

 

  Xolliyeva Moxigul Ravshanovna
 O'qituvchi

 

 

 

 Xudoyqulova Zebo Ravshanovna
 O'qituvchi
 

 

 

 Chorshanbiev Chori Xudoymurotovich
 O'qituvchi

 

 

 

 Shaymardanov Olim Igamuratovich
 O'qituvchi

 

 

 

 Shermatov Xolbek Faxritdinovich
 O'qituvchi