Xaitov Akmal Aliyarovich, Tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD)

Xirurgik fanlar kafedrasi mudiri

Xirurgik fanlar kafedrasi mudiri :
Xaitov Akmal Aliyarovich, Tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD)

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning ish kunlari soat 10-00 dan 16-00 gach

Xirurgik fanlar kafedrasi 2025-yil sentyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, hozirda universitetning tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin egallaydi. Kafedra qisqa vaqt ichida samarali ta’lim jarayoni, ilmiy izlanishlar va ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bilan alohida ajralib turmoqda.

 

Kafedraga Xaitov Akmal Aliyarovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), kafedra mudiri lavozimida rahbarlik qiladi. U dars jarayonlarining sifatini oshirish, zamonaviy amaliyotga asoslangan o‘quv tizimini shakllantirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

 

Kafedra tarkibi:

Asosiy shtat — 6 nafar:

  • Dotsent — 1
  • Katta o‘qituvchi — 2
  • O‘qituvchi — 3
  • O‘rindoshlar — 14 nafar:
  • Katta o‘qituvchi — 2
  • O‘qituvchi — 12

Kafedra tarkibida faoliyat yuritayotgan pedagoglar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha etuk mutaxassislar bo‘lib, zamonaviy ta’lim standartlariga mos yuqori sifatli dars berib kelmoqda.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

 

Bakalavriat yo‘nalishlari:
  1. Xirurgik kasalliklar
  2. Akusherlik va ginekologiya
  3. Oftalmologiya
  4. Otorinolaringologiya
  5. Transfuziologiya
  6. Travmatologiya va ortopediya, XDJ
  7. Onkologiya va gematologiya
  8. Bolalar xirurgiyasi
  9. Urologiya

Mazkur fanlar talabalarni klinik fikrlash, tashxislash va davolash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

 

Magistratura yo‘nalishlari:
  1. Akusherlik
  2. Andrologiya
  3. Ginekologiya
  4. Urologiya
  5. Xirurgiyaning umumiy asoslari
  6. Xirurgiyaning xususiy asoslari
  7. Tibbiy yordam sifatini oshirish (tanlov fani)

Magistratura bosqichidagi o‘quv dasturlari amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, yosh mutaxassislarni amaliy tajriba hamda ilmiy izlanishlar olib borishga tayyorlaydi.

 

Ilmiy faoliyat

2025–2026 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida 8 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. Tadqiqotlar asosan jarrohlik amaliyoti, klinik tashxislash, akusherlik-ginekologiya sohalaridagi dolzarb mavzularni qamrab oladi.

Kafedra ilmiy izlanishlarda zamonaviy usullar, klinik kuzatuvlar va amaliy tahlillarni keng qo‘llash orqali tibbiyot sohasiga hissa qo‘shib kelmoqda.

 

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat

Xirurgik fanlar kafedrasi yoshlarni:vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,milliy qadriyatlarga sadoqat,Vatanga muhabbat,mas’uliyat va kasbiy etika tamoyillariga rioya qilishyo‘nalishlarida muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib keladi.

Tadbirlar doirasida professor-o‘qituvchilar talabalar bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar, targ‘ibot ishlari hamda turli ma’rifiy loyihalarni amalga oshirib boradi.

 

Xirurgik fanlar kafedrasi qisqa davr ichida o‘zining ilmiy va ta’limiy salohiyatini namoyon etishga muvaffaq bo‘ldi. Kafedra jamoasi yuqori malakali pedagoglar, ilmiy izlanishlar, talabalar bilan tizimli ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat orqali universitetning yetakchi bo‘linmalaridan biriga aylandi. Kelgusida kafedra jarrohlik, akusherlik-ginekologiya va boshqa tibbiyot yo‘nalishlarida innovatsion yondashuvlarni kengaytirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

 

 Xudoyqulov Boboqul Qorjovovich
 Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsnet
+
998919700070

 

 

 

 Maxmudov Narzikul Xodjanazarovich
 
Tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
 +
998915890802
      

 

 

   Latipov Djavdat Axmedovich
 O'qituvchi
 +
998902473553

 

 

   Ergashev Navruzbek Allanazar o'g'li
  O'qituvchi
 + 
998936349592      

 

 

   Tillyayeva Zarina Zafarbekovna
  O'qituvchi
 + 
998903778848