Rasulov Abdusamad Abdujabborovich kimyo fanlari falsafa doktori, dotsent (v.b)

Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri

Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri :
Rasulov Abdusamad Abdujabborovich kimyo fanlari falsafa doktori, dotsent (v.b)

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning ish kunlari soat 15-00 dan 17-00 gach

Tabiiy fanlar kafedrasi 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lib, universitetning tibbiy-biologik, farmatsevtika va tabiiy fanlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashdagi asosiy bo‘linmalaridan biridir.

Kafedra mudiri — Rasulov Abdusamat Abdujabborovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent vazifasini bajaruvchi.

Kafedra o‘z faoliyatini zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etib, talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.

 

Kafedra tarkibi

Asosiy shtat — 14 nafar:

  • Professor — 1
  • Dotsent — 2
  • Katta o‘qituvchi (PhD) — 3
  • Katta o‘qituvchi — 1
  • O‘qituvchi — 6
  • Laborant — 1

O‘rindoshlar — 15 nafar:

  • Katta o‘qituvchi (PhD) — 1
  • O‘qituvchi-stajyor — 14

Kafedrada ta’lim jarayoni malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo‘nalishlari (Davolash ishi, Pediatriya, Stomatologiya, Farmatsiya, Biologiya):
  • Tibbiy biologiya va umumiy genetika
  • Tibbiy va biologik fizika
  • Tibbiy biologiya. Gistologiya, sitologiya va embriologiya
  • Botanika
  • Sitologiya, gistologiya va embriologiya
  • Odam va hayvonlar fiziologiyasi
  • Genetika va genomika asoslari
  • Biokimyo va molekulyar biologiya
  • Zoologiya
  • Odam anatomiyasi
  • Mikrobiologiya va virusologiya
  • Farmatsevtik botanika
  • Genomika va bioinformatika
  •  Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi
  • Tibbiy kimyo
  • Biokimyo
  •  Tibbiy va biologik kimyo
  •  Umumiy kimyo
  • Noorganik kimyo
  • Fizik va kolloid kimyo
  • Analitik kimyo
  •  Organik kimyo
  •  Polimerlar kimyosi
  •  Stomatologik materialshunoslik

 

Kafedra professor-o‘qituvchilarining yutuqlari


2023–2024 o‘quv yili:

  • Buzrukov To‘lqin Omonovich — Pedagogika fanlari bo‘yicha PhD himoya qildi.
  • Hazratqulova Ozoda Abdug‘aniyevna — Filologiya fanlari bo‘yicha PhD darajasiga ega bo‘ldi.

2024–2025 o‘quv yili:

  • Ro‘ziyeva Gulsara Temirkulovna — Pedagogika fanlari bo‘yicha PhD oldi.
  • Rasulov Abdusamat Abdujabborovich — Kimyo fanlari bo‘yicha PhD darajasiga ega bo‘ldi.

2025–2026 o‘quv yili rejalari:

  • Umirqo‘lova Feruza Abdusamat qizi — PhD himoyasi rejalashtirilgan.
  • Sultanov Sirojiddin Nuraliyevich — PhD himoyasi rejalashtirilgan.

Malaka oshirish:
So‘nggi ikki yil davomida barcha professor-o‘qituvchilar BIM online malaka oshirish kurslarida qatnashib, sertifikatlar olgan. Ofline kurslar o‘tilmagan.

 

Ilmiy-tadqiqot faoliyati

Kafedra ilmiy yo‘nalishlari kimyo, biologiya va fizika fanlarini qamrab oladi.

Kimyo sohasida yirik natijalar:

  • Rasulov Abdusamat Abdujabborovich tomonidan dori vositalari tarkibidagi biologik faol moddalar va metall ionlari asosida 4 ta yangi kompleks birikma sintez qilinib, Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritildi.
  • Toshpulatov To‘lqin Aliyorovich tomonidan 1 ta yangi kompleks birikma sintez qilindi va uni Kembrij bazasiga kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Xalqaro konferensiyalarda ishtirok:

  • Buzrukov T.O. — 2 ta
  • Rasulov A.A. — 2 ta
  • Tog‘ayev Azizbek — 2 ta
  • Umirqo‘lova Feruza — 2 ta
  • Sultanov Sirojiddin — 2 ta

Ilmiy maqolalar:

2023–2026 yillar davomida xalqaro va respublika jurnallarida 20 dan ortiq ilmiy maqola chop etildi.

 

Iqtidorli talabalar yutuqlari


Kafedrada iqtidorli talabalar uchun maxsus ish rejasi ishlab chiqilgan. Har bir professor-o‘qituvchi 2–3 nafar talaba bilan individual ishlaydi.

Talabalar yutuqlari:

  • Yo‘doshev Nazarbek O‘tkir o‘g‘li — Muaytay bo‘yicha Respublika chempionatida 3-o‘rin
  • Majidov Adham Saidavzalovich — Muaytay bo‘yicha Respublika chempionatida 2-o‘rin

Kafedrada fan to‘garaklari faoliyat olib boradi va talabalar muntazam ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashadi.

 

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat

Kafedra yosh avlodni tarbiyalashda vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va ma’naviy barkamollikni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagan.

Amalga oshirilgan tadbirlar:

2025–2026 o‘quv yili davomida:

  • 20 dan ortiq guruhlar uchun tarixiy qadamjolarga — muzeylar, obidalar, tabiat bog‘lariga sayohatlar tashkil etildi.
  • “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 15 dan ortiq sport musobaqalari o‘tkazildi.
  • Kafedra tomonidan bayram tadbirlari, fan olimpiadalari va ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar muntazam tashkil etilmoqda.

 

Tabiiy fanlar kafedrasi qisqa vaqt ichida universitetning yetakchi ilmiy-va ta’limiy bo‘linmalaridan biriga aylandi. Kafedra jamoasi:yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, samarali ilmiy-tadqiqot ishlari, iqtidorli talabalar bilan tizimli faoliyat, ma’naviy-ma’rifiy yondashuvlar orqali o‘zining nufuzini yildan-yilga mustahkamlab bormoqda. Kafedra kelgusida tabiiy fanlar sohasida innovatsion tadqiqotlar amalga oshirish, ilmiy natijalarni xalqaro miqyosga olib chiqish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.

 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

 

 Ro‘ziyeva Gulsara Temirqulovna
 Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), v.b. dotsent
 + 998 
97 532 73 22

 

 

 Denzil Britto
 Kimoy  fanlari bo’yicha falsafa doktori (DSc), Professor
 + 998 
55 452 77 77

 

 

 Buzrukov To‘lqin Omonovich
 Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD),dotsent
 +998 
91 583 82 00

 

 

  Tashpulatov To’lqin Aliyarovich
 O'qituvchi
 +998 99 683 11 72
 

 

 

 Umirqo‘lova Feruza Abdusamat qizi
 O'qituvchi
 
+998 33 762 88 08

 

 

 

 Tog‘ayev Azizbek Aliyor o‘g‘li
 O'qituvchi
 
+998 93 547 04 05

 

 

 Xamrayev Rashid Ravshan o‘g‘li
 O'qituvchi
 +998 
99 774 84 94

 

 Nurislomova Latofatoy Fazliddin qizi
 O'qituvchi
 +998 
91 239 77 73

 

 

 Sultanov Sirojiddin Nuraliyevich
 O'qituvchi
 +998 
99 035 66 87

 

 

 Turayev Xayrulla Erkin o’g’li
 Laborant
 +
998 94 466 61 63