Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tashkil etilishida oliy ta’lim tizimida rivojlangan davlatlar darajasida O‘zbekistonning ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy, pedagogik-psixologik va madaniy rivojlanishi muammolarini hal qilishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Shu ma’noda universitetda dunyo bilan bo‘ylasha oladigan kadrlar tayyorlashda til ta’limi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbek tili – ona tili bo‘lgan talabalarni ilg‘or xorijiy universitetlarning tajribalariga asoslangan holda rus tiliga mukammal o‘rgatish bo‘yicha bilim berish ko‘zda tutildi. Davlat tili maqomiga ega bo‘lgan o‘zbek tilini va xalqaro til bo‘lgan rus tilini o‘qitishda davr talablariga to‘liq javob beradigan darajada tilni har tomonlama mukammal egallagan, og‘zaki va yozma nutqiy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni yetkazish muhim vazifa qilib belgilandi.
Shu maqsadda universitetda 2024-yil 30-sentabrda Rus tili va adabiyoti kafedrasi tashkil etildi. Hozirda kafedradagi o‘qituvchilarning 8 nafari asosiy, 1 nafari ichki va 5 nafari tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra bugungi kunda kadrlarni tayyorlashda til o‘qitish jarayonining zamonaviy tashkiliy shakllarini joriy etmoqda. Bunda rus tilini o‘rgatishning eng samarali yo‘llarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishning mexanizmlari ishlab chiqilib, rus tilining nazariy, tarixiy va dialektologik jihatlari, rus adabiyoti rivojlanishining asosiy jarayonlari va xususiyatlariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, badiiy asar mutolaasi asosida ikkinchi til sifatida rus tilini o‘qitish uslubidan foydalanilmoqdaki, bir tomondan u o‘quvchilarni mamlakat, xalq hayoti va madaniyati bilan tanishtirish, ikkinchi tomondan esa, leksik va grammatik bilimlarni boyitish vazifasini bajarib, nutqning barcha uslublarini rivojlantirishga yordam beradi. Shu asosida barcha darslar o‘z vaqtida, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o‘tkazilmoqda.
Kafedrada ikki nafar ilmiy darajaga ega o‘qituvchi: 1 nafar dotsent, 1nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) mavjud. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan 20 ga yaqin ilmiy maqola chop etilgan, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar uchun 6 ta DGU mualliflik guvohnomasi olingan.
Kafedra o‘qituvchilari tomonidan darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan bo‘lib, hozirgi kunda ulardan ta’lim jarayonida keng qo‘llanib kelinmoqda. Misol uchun, Yelena Sattarova muallifligida chop etilgan “Русский язык”, “Современный русский язык. Фонетика”, “Сравнительно – сопоставительная языкознание” darslik va o‘quv qo‘llanmasi, “Лингвитическое отражение функционально – семантических особенностей эвфемизмов в аспекте лексикографического описания русского и узбекского языков” monografiyasi ta’lim jarayonida foydalanilmoqda.
Kafedrada 1 ta ilmiy va 2 ta fan to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda. “Lingvist” nomli ilmiy to‘garakda yoshlarga ilmiy mavzularda izlanishlar qilish, ilmiy maqola va tezislar yozish o‘rgatilayapti. Fan to‘garaklarida esa talabalar til ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llashni o‘rganishmoqda.
Qolaversa, kafedra o‘qituvchilari jamoat ishlarida ham tashabbuskor. Yangi o‘quv yilining o‘zida ularning tashabbusi bilan 5 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir, milliy liboslar chelenji o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi.
Kafedra tomonidan boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Xususan, Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti, L.N.Gumilyova nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, hozirda Belorussiya davlat universiteti bilan muzokaralar olib borish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, kafedra mudiri Ye.Sattarova 2023-yilda Chexiya, Germaniya, Avstriya davlatlarida malaka oshirib qaytdi.

Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori,kafedra mudiri,
+998915862425

O‘qituvchi,
+998936334667

O‘qituvchi,
+99 894 264 18 18

O‘qituvchi,
+998915795885

O‘qituvchi,
+998915880076

O‘qituvchi,
+998902465221

O‘qituvchi,
+998915767675

Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori
+998973527001
uz
en
ru