Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Narmuradov Zayniddin Rajabovich

Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri

Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri :
Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Narmuradov Zayniddin Rajabovich

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning barcha ish kunlari 10:00-16:00

Ingliz filologiyasi kafedrasi 2025-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha universitetning yetakchi bo‘linmalaridan biriga aylandi. Kafedraga Narmuratov Zayniddin Radjabovich rahbarlik qiladi. U filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent ilmiy unvoniga ega malakali olimdir.

 

Kafedrada jami 17 nafar asosiy shtatdagi o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning 4 nafari — dotsent, 2 nafari — katta o‘qituvchi, qolganlari — yosh, istiqbolli, o‘z ustida muntazam ishlayotgan pedagog kadrlardan iborat.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Ingliz filologiyasi kafedrasi bakalavriat bosqichi talabalari uchun ingliz tili, adabiyot, tarjima, til nazariyasi va metodika yo‘nalishlarida keng qamrovli o‘quv dasturlarini taklif etadi. O‘quv rejasida quyidagi fanlar o‘rin olgan:

Bakalavriat fanlari:
  • Amaliy grammatika va fonetika;
  • Og‘zaki nutq amaliyoti;
  • O‘qish va yozish amaliyoti;
  • Ikkinchi chet tili;
  • Normativ va kommunikativ fonetika;
  • Uyda o‘qish;
  • Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari;
  • O‘rganilayotgan til aspektlari;
  • Leksikografiya;
  •  Introduction to literature;
  •  Roman-german filologiyasiga kirish;
  •  Asosiy o‘rganilayotgan chet tili;
  •  O‘rganilayotgan tilning nazariy aspektlari;
  •  Qiyosiy tipologiya;
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti;
  •  Language testing and assessment;
  •  Xorijiy til 1 (ingliz, fransuz, nemis, yapon, koreys, xitoy);
  • Kasbiy sohada xorijiy til;
  •  Lotin tili va tibbiy terminologiya;
  • O‘rganilayotgan til mamlakati adabiyoti;
  •  Maktabgacha ta’limda chet tilini o‘qitish metodikasi;
  •  Mamlakatshunoslik.

Mazkur fanlarning har biri talabalarni lingvistika, tarjima, adabiyotshunoslik, metodika va madaniyatshunoslik yo‘nalishlarida chuqur bilim olishiga xizmat qiladi.

 

Xalqaro hamkorlik

2025-yil 30-apreldan 5-iyungacha universitetda AQShning Regional English Language Office (RELO), US Embassy tomonidan “Using Innovative technologies in English language teaching” nomli 6 haftalik malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Ushbu kursda kafedra o‘qituvchilari Buriyeva Muxayyo Shavkatovna, Raimov Lazizjon Alisherovich, Tojiboyeva Shoxistaxon Komiljonovna Madiyeva Madina Yusupovnalar muvaffaqiyatli ishtirok etib, zamonaviy texnologiyalarni ingliz tili ta’limida qo‘llash bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishdi. Bu esa kafedraning dars jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish imkonini kengaytirdi.

 

Ilmiy faoliyat

Kafedra professor-o‘qituvchilari so‘nggi yillarda ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishdilar. 2025–2026 o‘quv yilida 45 dan ortiq ilmiy maqolalar xalqaro va respublika miqyosida chop etildi. 2 ta darslik, 3 ta monografiya, 5 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanma, 2 ta uslubiy ko‘rsatma nashr etildi.

2025-yil 17-oktabr kuni Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o‘tkazilgan “Tilshunoslik va til ta’limi sohasidagi innovatsiyalar: global tendensiyalar va mahalliy istiqbollar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada kafedra o‘qituvchilarining barchasi ishtirok etib, o‘z ilmiy natijalari bilan qatnashdilar. Bu ishtirok kafedraning respublika va xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi nufuzini yanada mustahkamladi.

 

Kafedraning iqtidorli talabalari va to‘garaklar faoliyati

Ingliz filologiyasi kafedrasida iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra qoshida “Speaking Club” ingliz tilida erkin muloqot klubi, “Yosh olimlar” ilmiy-metodik va “Yosh ijodkor” adabiy ijod to‘garaklari faoliyat yuritadi. Ushbu to‘garaklarga 40 dan ortiq iqtidorli talabalar jalb qilingan. Talabalar ilmiy loyihalar, maqolalar, esse va nutq tanlovlarida muntazam ishtirok etib, ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda.

 

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari yillik manaviy-marifiy reja asosida amalga oshiriladi. Xususan, 2025-yildaTil va madaniyat uygunligimavzusida marifiy uchrashuv, “Kitobxonlik haftaligidoirasida ingliz adabiyoti boyicha ochiq dars va munozara. “Yoshlar va zamonaviy chet tillarimavzusida davra suhbati, guruhlar bilan birgalikdaTalaba va ustoz muloqotimanaviy-marifiy tadbirlari otkazildi.

Mazkur tadbirlar doimo yuqori saviyada tashkil qilinib, talabalarni madaniy savodxonlik, nutq madaniyati va tafakkur doirasini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Kafedra o‘qituvchilari o‘zlariga biriktirilgan guruhlardagi talabalar bilan muntazam ishlash tizimini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, tarbiyaviy uchrashuvlar, seminarlar, ochiq muloqotlar va ma’rifiy loyihalar har oyda tashkil etib boriladi.

 

Ingliz filologiyasi kafedrasi tashkil etilganiga qisqa vaqt bo‘lishiga qaramay, ta’lim sifati, ilmiy izlanishlar va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishlarida salmoqli natijalarni qo‘lga kiritdi. Jamoaning profesional yondashuvi, ilmiy salohiyati va innovatsion g‘oyalari tufayli kafedra universitetning eng faol va istiqbolli bo‘limlaridan biriga aylandi.

 

                                  Kafedra professor-o'qituvchilari:

 

  Kayumova Shaxnoza Kobiljonovna
 
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
 +998 
93 796 57 57

 

 

 Madiyeva Madina Yusupovna
 
Filologiya fanlari bo‘yicha  falsafa doktori (PhD)
 +998 
93 794 50 00

 

 

 

 Abdurazakova Samira Karimovna
 O'qituvchi

 

 

 

 Beknazarova Nigina Abdiqodir qizi
  O'qituvchi

 

 

 

 Buriyeva Muxayyo Shavkatovna
 O'qituvchi
 +
998 88 450 08 88

 

 

 

 Jabbarov Faxriddin Alisherovich
 O'qituvchi
 +
998 97 169 90 90

 

 

 Mamaraimova Ogiloy Tajimurodovna
 O'qituvchi

 

 

 

 Mengboyev Azizbek Alijon o‘g‘li
 O'qituvchi
 +998 
93 799 88 99

 

 

 Mengnarova Maftuna Toshboy qizi
 O'qituvchi
 
+998 93 272 26 86

 

 

 Mustafoqulova Zarifa Baxodir qizi
 O'qituvchi
 +
998 88 136 12 22

 

 

 Norqobilova Nigora Uralovna
 O'qituvchi
 +
998 97 246 00 88

 

 

 Normurodova Farog‘at Tojimurod qizi
 O'qituvchi
 

 

 

 Rajabov Ulugʻbek Bahodir oʻgʻli
 O'qituvchi
 

 

 

 Raimov Lazizjon Alisherovich
 O'qituvchi
 +
998 93 610 85 56

 

 


 
Raximova E`zozxon
Furqat qizi
O'qituvchi

 

 

 Tojiboyeva Shohistaxon Komiljonovna
 Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
 +
998 91 324 04 72

 

 

 

 Hazratqulova Ozoda Abdug‘aniyevna
 Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
 +
998 77 410 20 25

 

 


 Shonazarova Gulnoza Shuxrat qizi
 O'qituvchi
 +
998 
99 376 50 72