Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi 2025–2026 o‘quv yilida tashkil etilib, qisqa vaqt ichida ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, o‘qituvchilar salohiyatini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatni rivojlantirish borasida sezilarli natijalarga erishib kelmoqda.
Kafedraga Ismoilov Bobur Toxirovich rahbarlik qiladi. U pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent bo‘lib, sohada ko‘p yillik tajribaga ega olimlardan biridir. Kafedrada jami 9 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 3 nafari — dotsent, 3 nafari — katta o‘qituvchilar hisoblanadi.
Kafedra tarkibida maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun zamonaviy o‘quv dasturlari asosida ma’ruzalar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
· Ona tili;
· Boshlang‘ich matematika kursi nazariyasi;
· Matematika va uni o‘qitish metodikasi;
· T.T.F. Ona tili praktikumi;
· Bolalar adabiyoti;
· Masalalar yechish bo‘yicha praktikum;
· Rivojlantiruvchi markazlarni tashkil qilish texnologiyasi;
· Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi;
· Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish;
· Tabiat bilan tanishtirish metodikasi;
· Tarbiyachining ish hujjatlari;
· Maktabgacha ta’limda o‘yin texnologiyalari;
· Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish;
· Nutq o‘stirish;
· Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari;
· Tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasi va boshqa ko‘plab amaliy fanlar.
· Yasashga doir geometrik masalalar;
· Masalalar yechish bo‘yicha praktikum;
· Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar;
· Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari.
Bu fanlar talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, metodik tayyorgarligini mustahkamlash va pedagogik jarayonlarga ilmiy yondashuvni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
O‘tgan davr mobaynida kafedra jamoasi ilmiy salohiyatni oshirish borasida e’tiborga molik natijalarga erishdi. Ismoilov Bobur Toxirovich hamda Abdusamatov Alisher Sobirovichlar dotsent ilmiy unvonini oldi. Babayeva Maxfuza Abduvaitovna pedagogika fanlari bo‘yicha PhD ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Shuningdek, o‘qituvchilar 288 soatlik qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini muntazam boyitib kelmoqda.
Kafedra ilmiy jamoasi xalqaro, respublika va mahalliy nashrlarda o‘z maqolalari bilan muntazam qatnashib kelmoqda. Jumladan, innovatsion yondashuvlar, kognitiv lingvistika, differensial ta’lim, yashil boshqaruv, didaktik o‘yinlar, pedagogik texnologiyalar va zamonaviy ta’lim paradigmalari bo‘yicha maqolalar Turkiya, Andijon, Qo‘qon va boshqa ilmiy markazlarda chop etildi. Scopus va boshqa indekslangan jurnallarda maqolalar nashr qilindi. 2025-yilda kafedra o‘qituvchilarining 16 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda chop etildi. Bu natijalar kafedra ilmiy salohiyatining ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Kafedra o‘qituvchilari bir qator nufuzli xalqaro konferensiyalarda ma’ruza bilan qatnashib, ilmiy hamjamiyatda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Termiz, Istanbul, Andijon kabi shaharlarda o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda kafedra a’zolari pedagogika, tilshunoslik, sog‘lom turmush tarzi, didaktika kabi yo‘nalishlarda o‘z ilmiy g‘oyalari bilan ishtirok etishdi.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra, har bir talaba ilmiy rahbar bilan biriktirildi. Ular xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarga tayyorlanib, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha doimiy ish olib borilmoqda.
Kafedra qoshida “Matematika” to‘garagi faoliyat yuritadi. Unda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari masalalar yechish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va olimpiada masalalari ustida muntazam ishlashadi.
Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlari yosh avlodda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi muhim fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar yillik reja asosida tizimli ravishda olib borilib, talabalar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, tarbiyaviy tadbirlar va turli ma’rifiy loyihalar muntazam tashkil etib boriladi.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi qisqa vaqt ichida ta’lim, ilmiy izlanish va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritib, o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Kafedra jamoasi yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ta’lim sifatini oshirish va pedagogik jarayonni takomillashtirish yo‘lida izchil mehnat qilib kelmoqda.

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent
+998 91 577 62 99
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
+998 97 532 66 81
Amirkulova Zebuniso MustafakulovnaFilologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
+998 95 595 19 77

O'qituvchi
+998 93 802 98 99

O'qituvchi
+998 994162896

Badalov Dilmurod Abdixalilovich
O'qituvchi
+998 93 761 17 11

O'qituvchi
+998 99 421 18 20

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
uz
en
ru
