Filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) v.b dotsent Norqulova Shaxnoza To'lqinovna

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri :
Filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) v.b dotsent Norqulova Shaxnoza To'lqinovna

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning barcha ish kunlari 10:00-16:00
  Til, adabiyot va tarbiya uyg‘unligi

Bugungi kunda har bir oliy taʼlim muassasasining yuksalishida nafaqat zamonaviy iqtisodiy bilimlar, balki milliy adabiyot va tilshunoslik fanlarining ham o‘rni beqiyos. Chunki til – millat ruhi, adabiyot esa uning qalbi hisoblanadi. Shu jihatdan, Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2024-yildan beri faoliyat olib borayotgan O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi talabalarga bilim ulashish, ularni maʼnaviy dunyoqarashini boyitish va ilmiy izlanishlarga yo‘naltirishda katta maktab vazifasini o‘tamoqda.

Kafedrada hozirda 14 nafar malakali o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ularning orasida 2 nafar dotsent, 6 nafar ilmiy darajaga ega ustozlar borligi, kafedra ilmiy salohiyatining yuksakligidan dalolat beradi.

 

Zamonaviy yondashuv – samarali taʼlim

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida talabalarga 40 dan ortiq mutaxassislik fanlari zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitiladi. Shuningdek, kafedra bugungi kunda kadrlarni tayyorlashda o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish jarayonining zamonaviy tashkiliy shakllarini joriy etmoqda. Bunda o‘qitish tizimining eng samarali yo‘llarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishning mexanizmlari ishlab chiqilib, o‘zbek tilining nazariy, tarixiy va dialektologik jihatlari, o‘zbek adabiyoti rivojlanishining asosiy jarayonlari va xususiyatlariga etibor qaratilayapti. Shuningdek, badiiy asar mutolaasi asosida ularni falsafiy tahlil qilish uslubidan foydalanilmoqdaki, bir tomondan u o‘quvchilarni boy adabiy merosimiz, o‘zbek xalqi hayoti va milliy madaniyatimiz bilan tanishtirish, ikkinchi tomondan esa, leksik va grammatik bilimlarni boyitish vazifasini bajarib, nutqning barcha uslublarini rivojlantirishga yordam beradi. Shu asosida barcha darslar o‘z vaqtida, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, multimedia vositalari asosida o‘tkazilmoqda.

 

Ilmiy izlanishlar 

 

Kafedra o‘qituvchilari nafaqat dars jarayonida, balki ilmiy tadqiqotlarda ham faol ishtirok etmoqdalar. Hozirga qadar ularning 300 ga yaqin ilmiy maqolalari xalqaro va mahalliy nufuzli jurnallarda eʼlon qilingan. Shuningdek, kafedra aʼzolari qalamiga mansub 3 ta o‘quv qo‘llanma va 6 ta monografiya nashr etilgani – kafedraning ilmiy izlanishlarga qaratgan eʼtibori va mehnatsevarligini ko‘rsatadi.

 

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarda ham peshqadam

Kafedra nafaqat talabalarga bilim berib, ilmiy tadqiqotlar olib boradi, balki universitetda o‘tkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ham faol tashabbuskoridir. Turli adabiy uchrashuvlar, ijodiy kechalar, kitobxonlik musobaqalari talabalarning badiiy dunyoqarashini boyitib, ularda milliy qadriyatlar va maʼnaviyatga hurmat tuygʼusini kuchaytiradi. 2024-yilda kafedraning 2 nafar o‘qituvchisi Shaxnoza Norqulova hamda Iroda Аlmardanovalar o‘qituvchilar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida universitet jamoasining viloyatda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishida jonbozlik ko‘rsatgani yana bir yutuq bo‘ldi.

 

Aytish kerakki, kafedra tomonidan boshqa oliy talim muassasalari bilan tajriba almashish ham yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Turkiyadagi Istanbul universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, hozirda ikki oliygoh o‘qituvchilari ishtirokida konferensiyalar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

 

Bugungi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi yurtimizda yosh avlodga bilim va maʼrifat ulashish, ularni ilmiy-ijodiy izlanishlarga yo‘naltirishda munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Mazkur kafedraning kelgusida ham respublika va xalqaro miqyosda katta yutuqlarga erishishi shubhasiz.

 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

  

Norkulova Shaxnoza Tulkinovna
 Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), v.b dotsent
+ 998 90 519 96 33
 

 

 

Alimardonova Iroda Toshmamatovna
O'qituvchi
 +998 91 976 14 20

 

 

 

 

Bobomuratova Shoira Erkinovna 
Filologiya fanlari nomzodi
+998 90 953 45 99

 

 

 

 

Boysoatov Muzaffar Boʻri oʻgʻli 
O'qituvchi
 +998 91 580 19 98

 

 

 

  

 Jumayev Ilhom Hamroyevich 
 Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) - o'qituvchi, 
+998 90 821 28 85

 

 

 

 

Jo‘rayeva Gavhar Eshqobilovna 
o'qituvchi 
 +998 97 552 73 97

 

 

 

Mukumova Dilafruz Ziyodullayevna
F
ilologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori
(PhD) - o'qituvchi, 
+998 90 245 18 25

 

 

 

 

Raxmanov Botir Abdurasulovich 
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) o'qituvchi,
 +998 99 527 98 69

 

 

 

 

Tangirov Roziboy Xudoyshukurovich 
 o'qituvchi, 
+998 97 604 91 00

 

 

 

 

Xabibullayeva Shoira Shukurillayevna 
o'qituvchi, 
+99 899 675 12 52

 

 

 

 

Xayrullayeva Larisa Erkin qizi 
 o'qituvchi, 
+998 90 345 98 09

 

 

 

 

Ergasheva Rayxon O‘tkir qizi 
o'qituvchi, 
+998 90 417 77 16