Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi universitetning Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti tarkibida faoliyat yuritib, 2024-yilda tashkil topganiga qaramay, qisqa vaqt ichida ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda ilmiy salohiyatni oshirish borasida muhim natijalarga erishdi.
Kafedraga filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Uralova Oysuluv Poyon qizi rahbarlik qilib kelmoqda. U o‘zining uzoq yillik ilmiy tajribasi, yetakchilik salohiyati va ilmiy-innovatsion qarashlari bilan kafedraning rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedrada 20 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ular orasida:
- 3 nafar dotsent,
- 3 nafar katta o‘qituvchi,
- 10 nafar o‘qituvchi,
- 1 nafar o‘rindosh o‘qituvchi mavjud.
Kafedra tarkibi tajribali pedagoglar va zamonaviy yondashuvlarga ega bo‘lgan yosh mutaxassislar uyg‘unligidan iborat bo‘lib, ta’lim sifatining uzluksiz oshib borishini ta’minlamoqda.
Kafedrada ingliz tili, adabiyotshunoslik, tarjima, metodika va lingvistika yo‘nalishlari bo‘yicha 30 dan ortiq fanlar o‘qitiladi. Ulardan eng asosiylari:
- O’qish va yozuv amaliyoti
- Nutq ko‘nikmalari integratsiyasi
- Til aspektlari amaliyoti
- Mamlakatshunoslik
- Tarjima nazariyasi
- Kreativ fikrlash
- Innovatsion pedagogik texnologiyalar
- Ingliz tili metodikasi
- Til sertifikatiga tayyorlash amaliyoti
- Xalqaro standartlar asosida o‘qitish va baholash
- Ingliz tili leksikologiyasi, morfologiyasi, stilistikasi
- Kommunikativ grammatika
- Matn tahlili
- Uyda o‘qish
- STEAM asosida chet til o‘qitish metodikasi
- Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari
Bu fanlar talabalarning til kompetensiyasini oshirish, nutq madaniyatini shakllantirish, tarjima ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda lingvistik tahlil malakasini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Magistratura bosqichida esa quyidagi chuqurlashtirilgan fanlar o‘qitiladi:
- Pragmalingvistika / Ingliz tili o‘qitishning qiyosiy metodikasi
- Kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
- Xorijiy mamlakatlar lingvistik nazariyasi / Terminologik lug‘at
- Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
- Pedagogik matnlarni tarjima qilish
- Lingvodidaktik tadqiqot metodlari
- Chog‘ishtirma lingvistika
- Madaniyatlararo didaktika
- Kasbiy ma’naviyat
- Madaniyatlar qiyosiy tipologiyasi
Magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy yo‘nalish:
- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili).
2024–2026 yillar davomida kafedra ilmiy salohiyatida sezilarli o‘sish kuzatildi. Jumladan:
- 5 nafar professor-o‘qituvchi ilmiy daraja va ilmiy unvon oldi.
- 4 nafarida — PhD yoki DSc ilmiy darajasi,
- 1 nafarida — dotsent ilmiy unvoni.
Ilmiy natijalar nafaqat universitet, balki respublika miqyosida ham e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Kafedra o‘qituvchilari Turkiya, Qozog‘iston, Rossiya, Koreya, O‘zbekiston va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalar, seminarlarda o‘z maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi.
Nashrlar statistikasi
2025–2026 o‘quv yilida:
- 47 dan ortiq ilmiy maqola xalqaro va mahalliy nashrlarda chop etildi,
- Scopus, WoS kabi indekslangan jurnallarda maqolalar e’lon qilindi,
- Ilmiy-amaliy konferensiyalarda 30 dan ortiq tezis taqdim etildi.
Bu natijalar kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi faolligi va samaradorligini yaqqol ko‘rsatadi.
2025-yilda RELO (AQShning Regional English Language Office) tomonidan tashkil etilgan “Using innovative technologies in english language teaching” 6 haftalik xalqaro kursida kafedraning 12 nafar ustozlari muvaffaqiyatli ishtirok etdi:
- Soxibova Dilnoza
- Salomova Gavhar
- Yadigarova Sitora
- Safarova Dilorom
- Xamrayeva Ra’no
- Jabborova Subhida
- Qodirova Sarvinoz
- Berdimurodova Sevara
- Ro‘zimurodova Shohista
- Allayev Zafar
- Nematullayev Nodir
- Mengboyev Otabek
Ular ingliz tilini zamonaviy integratsion texnologiyalar asosida o‘qitish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lib qaytishdi.
Kafedrada iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqilgan. Ushbu reja asosida:
- Har bir talaba ilmiy rahbarga biriktiriladi
- Ilmiy izlanishlar bo‘yicha muntazam maslahatlar beriladi
- Talabalar xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarga tayyorlanadi
- Grant loyihalarida ishtirok etishlari uchun sharoit yaratiladi
Kafedra qoshida “English speaking club” faoliyat yuritadi.To‘garak rahbari: Nematullayev Nodirbek Zafar o‘g‘li. Bu klub talabalar nutq madaniyati, muloqot ko‘nikmalari, eshitish va tushunish kompetensiyalarini oshirish, ingliz tilida erkin fikrlashni shakllantirishga xizmat qiladi.
Kafedra yosh avlodni: vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, erkin fikrlash, madaniy dunyoqarash ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratadi.
O‘tkazilgan tadbirlar:
- “Vatanparvarlik maydoni”ga ekskursiyalar
- “Shaxmat va shashka” musobaqalari
- “Zakovat” intellektual o‘yinlari
- “Talaba va ustoz muloqoti” uchrashuvlari
- Ingliz tili bo‘yicha ochiq darslar va treninglar
Bu tadbirlar talabalar faoliyatini jonlantirib, ularda sog‘lom raqobat, liderlik fazilatlari va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi qisqa vaqt ichida ta’lim sifati, ilmiy izlanishlar, xalqaro hamkorlik, iqtidorli talabalar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy yondashuv bo‘yicha yuksak natijalarga erishdi. Bugungi kunda kafedra: malakali o‘qituvchilari, zamonaviy o‘quv dasturlari, ilmiy salohiyati,xalqaro hamkorliklar bilan universitetning eng faol va istiqbolli bo‘linmalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
+998 99 710 52 24

O'qituvchi
+998 998 99 376 68 81

O'qituvchi
+998 90 225 29 98

O'qituvchi
+998 97 076 12 88

O'qituvchi
+998 33 971 76 76

O'qituvchi

Filologiya fanlari bo‘yicha yo‘q falsafa doktori (PhD)
+ 998 99 586 02 88

O'qituvchi
+ 998 90 375 22 72

O'qituvchi
+ 998 91 577 13 16

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
+ 99890-327-88-00

O'qituvchi
+ 998 97 810 37 37

O'qituvchi
+998 93 769 30 93

O'qituvchi
+ 998 88 244 45 78

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) v.b dotsent
+ 998 97 645 00 81

O'qituvchi
+ 998 93 000 76 24

+ 998 93 898 88 80

O'qituvchi
+ 998 90 749 99 77

O'qituvchi
+ 99 891 235 10 11

O'qituvchi
+ 99894 519 84 84

O'qituvchi
+ 998 99 410 70 94
uz
en
ru