Ijtimoiy fanlar kafedrasi Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar tarkibida 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda kafedraga tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Eshkurbanov Sirojiddin Bozorovich rahbarlik qilmoqda. Kafedra jamiyatshunoslik, ijtimoiy jarayonlar, davlat boshqaruvi va zamonaviy huquqiy islohotlar yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiluvchi asosiy ilmiy-pedagogik bo‘linmalardan biridir.
Bugungi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi.Ular orasida: 1 nafar professor, 5 nafar dotsent, boshqa yuqori malakali o‘qituvchilar mavjud.
Kafedra tashkil etilganiga qisqa vaqt bo‘lishiga qaramay, malakali pedagogik tarkib ta’lim sifatini ta’minlash hamda ilmiy izlanishlarni faol rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.
- Falsafa
- Dinshunoslik
- Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
- Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
- Magistratura yo‘nalishlari uchun:
- Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
- Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
- Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimidagi islohotlar
Fanlar zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda olib borilib, talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, huquqiy ongini oshirish va ijtimoiy jarayonlarni chuqur tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
- Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ilmiy izlanishlarda faol bo‘lib, oxirgi yillarda sezilarli natijalarga erishdilar.
- 2024–2025 o‘quv yili davomida kafedra o‘qituvchilaridan biri ilmiy daraja himoya qilib, doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi.
- Kafedra a’zolari tomonidan OAK tasdiqlagan jurnallarda qariyb 15 ta ilmiy maqola chop etildi.
- 2025–2026 o‘quv yilida xalqaro jurnallar va konferensiyalarda 40 dan ortiq maqola va tezislar e’lon qilindi.
- Bu ko‘rsatkich kafedraning ilmiy salohiyati muntazam o‘sib borayotganligini anglatadi.
- Kafedrada iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular bilan ishlash bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqilgan.
- Ilmiy to‘garak rahbari etib A. Karimov tayinlangan.
- Talabalar bilan muntazam seminarlar, ilmiy maslahatlar, treninglar o‘tkazilib kelmoqda.
- Kafedra talabalari respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol qatnashmoqda.
- 2025-yil sentyabr oyida “Tarix ta'lim” yo‘nalishi 223-guruh talabasi Doyimova Durdona Bahodirovnaning ilmiy maqolasi xalqaro “Universal International Scientific Journal” jurnalida chop etilib, u CERTIFICATE bilan taqdirlandi. Bu kafedraning iqtidorli yoshlarni ilmiy maydonga olib chiqishdagi sa’y-harakatlarining samarasi hisoblanadi.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi qisqa vaqt ichida ta’lim sifati, ilmiy nashrlar soni, pedagoglar va talabalar yutuqlari jihatidan universitetning yetakchi bo‘linmalaridan biriga aylanmoqda. Kafedra jamoasi kelgusida ham: ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish, zamonaviy o‘qitish metodlarini joriy etish, talabalarni ijtimoiy-huquqiy jarayonlarda faol ishtirokchi sifatida shakllantirish yo‘nalishida izchil faoliyat olib borishni rejalashtirgan.








uz
en
ru

