Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori Jurayev Xusan Atamuratovich

Moliya va turizm kafedrasi mudiri

Moliya va turizm kafedrasi mudiri :
Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori Jurayev Xusan Atamuratovich

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning barcha ish kunlari 10:00-16:00

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tarkibidagi Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti qoshida faoliyat yuritayotgan Moliya va turizm kafedrasi 2023-yil 3-oktabrda “Moliya va statistika” kafedrasi sifatida tashkil etilib, 2024-yil 10-sentyabrdan universitet tuzilmasidagi o‘zgarishlarga asosan hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi. Kafedrada bugungi kunda 14 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 2 nafari dotsent, 7 nafari — PhD ilmiy darajasiga ega, bir nafar katta o‘qituvchi va 12 nafar o‘rindosh o‘qituvchilar ham kafedra faoliyatiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Kafedrada bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha 50 dan ortiq fan o‘qitiladi. Jumladan, moliya, soliq, bank ishi, investitsiyalar, turizm nazariyasi, turizm marketingi, mehmondo‘stlik menejmenti, davlat moliyasi, raqamli bank ishi, xalqaro moliya, sug‘urta ishi, strategik marketing, turizm geografiyasi kabi fanlar talabalar bilimini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Magistratura bosqichida esa davlat moliyasini boshqarish, moliyaviy nazorat va maxsus fanlar metodikasi bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’lim yo‘lga qo‘yilgan.

 

Ilmiy darajalar va pedagogik salohiyatning ortishi

2023–2025-yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari qator ilmiy yutuqlarga erishdi. Pardayev J.M., Jurayev X.A., Ziyodullayev S.M. va Rahmatullayev B.Ch. iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritdi. 2024–2025-o‘quv yilida esa kafedra o‘qituvchisi Absamatov A.E. PhD ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Shuningdek, kafedra mudiri Jurayev Xusan Atamuratovich, Normurzayev Umid Xolmurzayevich va Bo‘ronova Lola Vahobovna dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.

 

Kafedra ustozlari Pardayev J.M., Bo‘ronova L.V. va Jurayev X.A. Chexiyaning Praga shahridagi Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida “Oliy ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish” mavzusida 144 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlab qaytib kelishdi.

 

Ilmiy-tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik

Kafedra o‘qituvchilari so‘nggi yillarda xalqaro ilmiy maydonlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. 2025-yil 18-aprelda Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotning ahamiyati” nomli konferensiyada bir nechta kafedra ustozlari sertifikat bilan taqdirlandi.

2025-yil 21–22-noyabr kunlari Termiz davlat universitetida o‘tkazilgan “Yashil iqtisodiyot: xalqaro tajribalar, muammo va yechimlar” konferensiyasida kafedra o‘qituvchilari faol ishtirok etib, ilmiy natijalarini taqdim etdilar.

2024–2025-o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan turli xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida 54 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etildi.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarning ilmiy izlanishlari, amaliy ko‘nikmalari va kreativ g‘oyalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Kafedra qoshida “Moliyachi” to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. To‘garak rahbari iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Avliyoqulov Ashurali Avazovich bo‘lib, talabalarga nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashda yaqindan ko‘maklashib kelmoqda.

 

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat

Moliya va turizm kafedrasi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga ham alohida e’tibor qaratadi. 2025–2026-o‘quv yilida mustaqillik, vatanparvarlik, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishga qaratilgan bir qator tadbirlar tashkil etildi:

  • “Mustaqillik — bebaho ne’mat” mavzusida davra suhbatlari
  • Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi
  • Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan tantanali tadbir
  • Talabalar uchun muzey, teatr va tarixiy obidalarga ekskursiyalar
  • Sport musobaqalari (mini-futbol, voleybol, shaxmat)
  • Ijarada yashovchi talabalar sharoitlarini o‘rganish va ularga ko‘mak berish

Mazkur tadbirlar talabalar dunyoqarashi, milliy g‘ururi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilib kelmoqda.

Moliya va turizm kafedrasi qisqa muddat ichida ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik, talabalar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishlarida sezilarli yutuqlarga erishdi. Kafedra jamoasi nafaqat malakali mutaxassislarni tayyorlash, balki ma’rifatli, vatanparvar va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashga ham ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.

 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

 

Absamatov Asqar Ergashovich
 
Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
 +998 99 145 14 44  

 

 

 

 Avazova Elsevar Erkinovna
 O'qituvchi
 

 

 

 

   Avliyakulov Ashurali Avazovich
  Iqtisod fanlar nomzodi, dotsent
 +998
 91 981 63 63      

 

 

 

 

   Ziyodullaev Sodiqjon Mamadillaevich
 Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
 +998 
  90 245 47 47     

 

 

 

 

 Kinjayev Kattakul Nurmatovich
 
 O'qituvchi
 +998
  88 131 67 00

 

 

 Qodirov Hasan Do'stqobilovich
O'qituvchi
 +998 91 237 55 77

 

 

 

 Mo'minova mavjuda Sharifovna
 O'qituvchi
 +998 99 716 83 23

 

 

 

 Nomozova Rayhon Rustamovna
 O'qituvchi
 +998 90 247 29 95

 

 

 

 Rahmatullayev Bobir Chorshamiyevich
 
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
 +998 97 848 22 62 

 

 

 

 Solixova Khumora Khasan qizi
 O'qituvchi
 +998 94 414 17 94

 

 

 Kholmatova Asila Menglimurod qizi
 
O'qituvchi
 +998 91 814 61 31