Raxmаnova Dilrabo Saydullayevna

Talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i

Talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i :
Raxmаnova Dilrabo Saydullayevna

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning barcha ish kunlari 8:00-17:00
LAVOZIM VAZIFALARI:

 O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;

 

O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.

 

 

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko‘zlangan maqsadlarga erishish va uni hayotga tadbiq qilish uchun unumdor va samarali mehnat qilish;

 

Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

 

Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

 

Bakalavriat va magistratura bosqichi talabalarining shaxsiy tarkibini hisobga olish bilan bog‘liq barcha hujjatlarni yuritishni tashkil etish.

 

Talabalar harakatiga oid buyruq loyihalarini (qabul qilish, chetlashtirish, kursdan-kursga o‘tkazish, akademik ta’til berish va qaytish, qayta tiklash, ko‘chirish, diplom berish, intizomiy jazo qo‘llash) o‘z vaqtida tayyorlash, tekshirish va rasmiylashtirish.

 

Rektor buyruqlarini rasmiylashtirish hamda buyruq ko‘chirmalarini tegishli bo‘limlarga belgilangan tartibda tarqatish.

 

Talabalarning shaxsiy yig‘ma jiltlarini shakllantirish, doimiy yangilab borish va belgilangan muddatlarda arxivga topshirish.

 

Bitiruvchi talabalarning shaxsiy yig‘ma jiltlari to‘liq va talablarga muvofiq tayyorlanishini ta’minlash hamda belgilangan tartibda topshirish.

 

Talabalarning universitet ichki tartib-qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya etishini nazorat qilish.

 

Intizomiy qoidabuzarliklar bo‘yicha asoslangan takliflar kiritish va buyruq loyihalarini tayyorlash.

 

Ijro, mehnat va o‘quv intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.

 

Talabalarga belgilangan tartibda ma’lumotnomalar berishni tashkil etish.

 

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan so‘rovlarga o‘z vaqtida javoblar tayyorlash.

 

Talabalar diplomlari va ilovalarining haqiqiyligi bo‘yicha so‘rov xatlarini rasmiylashtirish.

 

Talabalar kontingenti bo‘yicha statistik ma’lumotlar va hisobotlarni tayyorlash.

 

Universitet rahbariyatiga bo‘lim faoliyati yuzasidan hisobotlar taqdim etish.

 

Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazish.

 

Universitetda ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, jamiyat faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.