O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
Universitetda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;
Universitet talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
Universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni Universitet rektoriga taqdim etish;
Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
Ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
Universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
Universitet professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan faniga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni universitet rektoriga ma’lum qilish;
Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
Universitetda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
Universitet rektorining topshirig‘iga binoan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
Attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda OTMda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
Universitetda milliy akkreditatsiya jarayonlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
Oliy ta’lim sohasida akkreditatsiyaga oid qonunlar, qarorlar, nizomlar va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash.
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni dastlabki akkreditatsiya, navbatdagi akkreditatsiya, qayta akkreditatsiya jarayonlariga tayyorlash ishlarini boshqarish;
Akkreditatsiya talablariga muvofiq ta’lim dasturlari, o‘quv rejalar, fan dasturlari, baholash tizimi, holatini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Akkreditatsiya organlari (Vazirlik, agentlik, milliy va xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari) bilan rasmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Akkreditatsiya jarayoni uchun zarur bo‘lgan hisobotlar, analitik ma’lumotlar, dalillovchi hujjatlar (evidence) tayyorlanishini tashkil etish;
Universitet bo‘limlari va fakultetlarida akkreditatsiya talablari bajarilishini ichki monitoring qilish;
Akkreditatsiya natijalari yuzasidan universitet rahbariyatiga tahliliy axborot va takliflar kiritish;
Akkreditatsiya jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar uchun o‘quv-seminarlar, treninglar tashkil etish;
Akkreditatsiya jarayoniga oid hujjatlar bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish;
Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish va joriy etish;
Bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va Universitet hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
Universitet reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
Universitet tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar va treninglar o‘tkazish;
O‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tadbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
Universitet Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;
Bo‘lim xodimlarining lavozim vazifalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish haqida Universitet rahbariyatga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;
Ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo‘limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.
Ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, jamiyat faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.
uz
en
ru