Abduraxmanov Akmal Yuldoshovich

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’limi boshlig’i

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’limi boshlig’i :
Abduraxmanov Akmal Yuldoshovich

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning barcha ish kunlari 10:00-16:00
LAVOZIM VAZIFALARI:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;

 

O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim izlanuvchilarga yetkazib borish;

 

Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

 

Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

 

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy ish mavzularini universitet kengashiga tasdiqlash uchun kiritish;

 

Professor-o‘qituvchilarning tasdiqlangan ilmiy ish mavzularini OAKga tasdiqlash uchun tavsiya etish;

 

Professor-o‘qituvchilarning respublika va xalqaro ilmiy nashrlarga ilmiy ishlarini chop etish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish;

 

Maqsadli doktorantura uchun talabgorlarni yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qish uchun tavsiyalar berish;

 

Professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlarini (monografiya, ilmiy risola) universitet kengashiga tavsiya etish;

 

Professor-o‘qituvchilar tomonidan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazishni tashkillashtirish;

 

Qabul qilingan stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar uchun nomzodlik imtihonlari falsafa, milliy istiqlol g‘oyasi va fan metodologiyasi, informatsion texnologiyalar asoslari va chet tillar bo‘yicha kurslar tashkil qilish;

 

Stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim izlanuvchilarning mavzusini va shaxsiy ish rejasini tasdiqlash;

 

Stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni fan va texnologiyalar markazi tomonidan e’lon qilingan grantlar tanlovida ishtirokini ta’minlash;

 

Stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim izlanuvchilarning ilmiy anjumanini o‘tkazish va to‘plamni chop etish;

 

Magistrlarni stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha zaruriy tashkiliy ishlarni amalga oshirish;

 

Respublika va xalqaro konferensiya, simpoziumlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga yetkazish;

 

Attestatsiya natijalari bo‘yicha universitet Ilmiy kengashida hisobot berish;

 

Ishlab chiqarishda yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun iqtidorli talabalarni izlash va aniqlash;

 

Talabalarga turli to‘garaklar tashkil etish hamda olimpiada va tanlovlarda, respublika hamda xalqaro miqyosidagi ilmiy konferensiyalarda ma’ruza bilan ishtirok etishlarini ta’minlash;

 

Iqtidorli talabalarning natijalariga bag‘ishlangan (eng yaxshi ilmiy maqola, eng yaxshi ilmiy ma’ruza, iqtidorli yoshlar ixtirosi kabi) turli konkurslar tashkil qilish;

 

Iqtidorli talabalar o‘rtasida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish;

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari, shuningdek universitet rektori stipendiyasi tanlovini tashkil etish;

 

Ilmiy-texnikaviy kengash yig‘ilishlarida katta ilmiy xodim-izlanuvchi va stajor-tadqiqotchi-izlanuvchining dissertatsiya ishlarining holati haqida ilmiy rahbar, kafedra mudiri va dekan axborotlarini muhokama etish;

 

Nomzodlik imtihonlarini o‘tkazish haqida buyruq tayyorlash va OAKga yuborish;

 

Nomzodlik imtihonlarining sessiyasini o‘tkazish va OAKga hisobot berish;

 

Stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim izlanuvchilar bo‘yicha hisobotini tayyorlash va statistik boshqarmaga taqdim etish;

 

Innovatsion yarmarkalarda stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni ishtirokini ta’minlash;

 

Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

 

Bo‘lim faoliyatiga oid ma’lumot va hisobotlarni Vazirlikka o‘z vaqtida, o‘rnatilgan tartibda topshirib borish;

 

Universitetda ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, jamiyat faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.