O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida universitetda marketing faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha abiturientlar va talabalar bilan bog‘liq to‘lov-shartnoma jarayonlarini tashkil etish.
Universitetning “Hemis.tesu.uz” va “Billing.e-edu.uz” axborot tizimlarida shartnomalarni shakllantirish, talabalar tomonidan to‘langan kontrakt mablag‘larini kiritish va nazorat qilish.
To‘lov-shartnoma asosida qabul qilingan talabalar bo‘yicha bir yillik shartnoma summasining kamida 50 foizi universitet hisob raqamiga tushganligini tekshirish hamda har bir talaba kesimida ma’lumotnoma tayyorlash.
Kontrakt to‘lovlari tushumi bo‘yicha rektoratga belgilangan tartibda doimiy hisobot taqdim etish.
Yuqori kurslarda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun shartnomalarni qayta shakllantirish va tizimlarda yuritib borish.
Joriy yil bitiruvchilari (ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar, grant va kontrakt asosida), qabul rejasining bajarilishi (arizalar soni, konkurs, qabul qilingan talabalar, ta’lim shakli va tili kesimida), kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
Kontrakt to‘lovlari tushumi bo‘yicha kunlik, choraklik, yarim yillik, 9 oylik va yillik moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish,
Talabalarning kontrakt bo‘yicha qarzdorliklarini fakultetlar kesimida kunlik monitoring qilish va tegishli bo‘limlarga ma’lumot yetkazish.
Talabalarning arizalari asosida shartnoma shartlariga muvofiq qayta hisob-kitob va mablag‘larni qaytarish jarayonlarini tashkil etish hamda axborot tizimlarida rasmiylashtirish.
Ta’tilga chiqayotgan professor-o‘qituvchilarga biriktirilgan guruhlar bo‘yicha qarzdorlik holatini tekshirish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib tasdiqlash.
Ta’lim xizmatlari bozori, jumladan xalqaro ta’lim bozori bo‘yicha marketing tadqiqotlarini olib borish va tahliliy xulosalar tayyorlash.
Universitet faoliyati samaradorligini oshirish, qabul ko‘rsatkichlarini yaxshilash va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va rahbariyatga kiritish.
Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
Universitetda ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, jamiyat faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.
uz
en
ru