O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari axborot xizmatlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Universitet faoliyati va sohaviy normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xolis, sifatli va tezkor ravishda xabardor qilish.
Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa kommunikatsiya platformalari orqali universitet faoliyati haqida muntazam axborot taqdim etish.
Jurnalistlar, blogerlar va ekspertlar doirasida hamkorlikni tashkil etish va ular orqali universitet faoliyatiga oid axborotlarni tarqatish.
Universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda axborotlarni o‘z vaqtida joylashtirish va internet-resurslarni zamonaviy darajada rivojlantirish.
Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun xabar, axborot-ma’lumot, tahliliy va sharh materiallar tayyorlash va ularning o‘z vaqtida tarqatilishini ta’minlash.
Universitet faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikri va OAVning munosabatlarini tahlil qilish, ularning natijalarini universitet rahbariyatiga taqdim etish.
Universitet faoliyatiga aloqador matnli, foto, audio va video materiallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish, yangilash va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash.
Universitet rahbarlari ishtirokidagi matbuot anjumanlari, brifinglar, media-turlar, seminarlar va davra suhbatlari kabi ommaviy tadbirlarni tashkil qilish.
Universitetning ijobiy imijini shakllantirish, ilgari surish va ijtimoiy so‘rovlar hamda jamoatchilik fikrini o‘rganish tadbirlarini amalga oshirish.
Milliy va xorijiy OAV bilan samarali hamkorlik o‘rnatish, doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar guruhini shakllantirish.
Universitet rahbarlarining chiqishlarini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam tashkil qilish.
Axborot makonini monitoring qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborotlarga tezkor munosabat bildirish.
Universitetning mahalliy va xorijiy OAVlari uchun xabar, ma’lumot va tahliliy materiallar tayyorlashda hamkorlik qilish.
Xorijiy OAVda universitet faoliyatini sifatli yoritish maqsadida diplomatik vakolatxonalar va vakolatli vazirliklar bilan hamkorlik qilish.
Universitet tadbirlaridan teledasturlar, videoroliklar va lavhalar tayyorlash, montaj qilish va arxivlashtirishni tashkil qilish.
Universitet faoliyatiga oid foto, audio va videomateriallar tayyorlashda davlat va nodavlat OAV bilan hamkorlik qilish.
Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallar bazasini shakllantirish va ularning muntazam yangilanishini ta’minlash.
Milliy va xorijiy axborot agentliklari va OAVning universitet faoliyati to‘g‘risidagi buyurtma va so‘rovlarini ko‘rib chiqish va ularga ko‘maklashish.
“TISU xabarnomasi” gazetasi va boshqa chop etish vositalari uchun bosma va elektron materiallarni tayyorlash, ularni sifatli tarzda matbaa va media resurslariga yetkazish.
Xizmat vazifalarini samarali bajarish uchun zarur axborotni universitetning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda to‘plash va ularni puxta ishlashni ta’minlash.
Universitetda ish samaradorligini oshirish, yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish, shuningdek, jamiyat va universitet faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan aniq takliflar berish.
uz
en
ru