Usmonov Chorshanbi Bozorovich

Universitet qabulxonasi mudiri

Universitet qabulxonasi mudiri :
Usmonov Chorshanbi Bozorovich

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning barcha ish kunlari 09:00-16:00
LAVOZIM VAZIFALARI:

  O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;

 

O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.

 

 

Universitetda O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;

 

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuni talablaridan kelib chiqqan holda, universitet dekanatlar, kafedralar, tarkibiy bo‘limlari tomonidan murojaatlar o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va monitoringini olib boradi;

 

Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi mas’ul ijrochilar tomonidan buzilganda yoki ijrosi to‘laqonli bajarilmaganda bu to‘g‘risida rektorni darhol xabardor qiladi;

 

Universitet dekanatlar, kafedralar, tarkibiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

 

Rektorni jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha zarur axborot hamda ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;

 

Jismoniy va yuridik shaxslardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi hamda tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlar orqali kelgan murojaatlarni (ariza, shikoyat, taklif) belgilangan tartibda va muddatda ro‘yxatga olish va mazmunan o‘rgangan holda ijrochiga yetkazishni ta’minlaydi;

 

Nazoratga olingan murojaatlarga mas’ul xodimlar tomonidan belgilangan muddatlarda javob xati (murojaat muallifiga, tegishli tashkilot va idoralarga) yuborilishini nazorat qiladi;

 

Universitetga qabulga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsan qabul qiladi, va bu haqda universitet rektoriga kunlik axborot berib boradi.

 

Qabulga kelgan jismoniy va yuridik shaxslardan olingan murojaatlarni kunlik universitet rektoriga kiritib borishni ta’minlaydi;

 

Universitet rahbarlari va mas’ul xodimlari tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvalini ishlab chiqadi hamda ushbu jadval (Rektor tomonidan tasdiqlangan) asosida universitetda og‘zaki qabullarni tashkillashtiradi;

 

Universitet rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan sayyor qabullarni o‘tkazish jadvalini ishlab chiqadi hamda ushbu jadval (Rektor tomonidan tasdiqlangan) asosida sayyor qabullarni tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;

 

Universitetga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holati bo‘yicha oylik, choraklik, yillik tahlillarni yuritadi, umumlashtiradi hamda universitet Kengash yig‘ilishlarida axborot berib boradi;

 

Universitetning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi yuzasidan tahliliy axborot tayyorlaydi hamda Universitet kengashiga har chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlar taqdim etib boradi;

 

Universitetda ro‘yhatga olingan murojaatlar hisobini yuritadi va ushbu masala yuzasidan zarur axborotni tayyorlaydi hamda Kengashga taqdim etadi;

 

ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, jamiyat faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.